A Seriyada joriy mavsumning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 37
"Napoli" hujumchisi Xvicha Kvaratsxeliya A Seriyada joriy mavsumning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi. Bu haqda Italiya chempionati rasmiy saytida ma'lum qilindi.
Eslatib o'tamiz, 22 yoshli gruziyalik futbolchi o'tgan yozda Neapol klubiga kelib qo'shilgan edi. Italiya chempionatining joriy mavsumida Kvaratsxeliya 33 uchrashuvda 12 ta gol urdi va 13 ta golli uzatma muallifiga aylandi.
«Napoli» muddatidan avval Italiya chempionati oltin medallarini qo'lga kiritdi. So'nggi turda Luchano Spaletti shogirdlari o'z maydonida “Sampdoriya”ni qabul qiladi.
Uchrashuv 4 iyun kuni bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!