Osimxen A Seriyada eng yaxshi hujumchi bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 24
"Napoli" hujumchisi Viktor Osimxen Italiya chempionatining barcha hujumchilari orasida o'z pozitsiyasida eng yaxshi futbolchiga aylandi. Bu haqda A Seriya rasmiy saytida ma'lum qilindi.
24 yoshli nigeriyalik futbolchi joriy mavsum A Seriyada 31 ta o'yinda maydonga tushib, 25 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq “Napoli” muddatidan avval mamlakat chempioni bo'lgandi. Mavsumning so'nggi turida Lutsiano Spaletti shogirdlari "Sampdoriya" bilan to'qnash kelishadi.
O'yin 4 iyun kuni bo'lib o'tadi.
Avvalroq Spalletti "Sampdoriya" bilan o'yindan so'ng neapolliklar lagerini tark etishi ma'lum bo'lgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!