Taekvondo. Omonjon Otajonov debyut jahon chempionatidayoq bronza medalini qo'lga kiritdi!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 27
Ozarbayjonda o'tayotgan taekvondo bo'yicha jahon chempionatining bugungi kunini O'zbekiston terma jamoasi bronza medali bilan yakunladi.
-54 kg vazn toifasida bahs olib borgan Omonjon Otajonov musobaqani uchinchi o'rinda tugatdi.
Yurtdoshimiz shiddatli yarim final jangida janubiy koreyalik Tae-Jun Park bilan bahs olib bordi. Afsuski, bellashuvda Otajonov 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi va shohsupaning uchinchi pog'onasidan joy oldi. Qayd etish joiz, bu yosh sportchimizning kattalar o'rtasidagi jahon chempionatida debyut ishtiroki edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!