Mo'minjonov qachondan ish boshlaydi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 17729
O'z oldiga PEPSI Superligaga chiqish vazifasini qo'yib kelayotgan Termizning “Surxon” klubi matbuot xizmati bugun jamoaga yangi bosh murabbiy tayinlanganini e'lon qildi.
Unga ko'ra, Surxondaryo viloyati hokimi Bahodir Pulatov rasman Ilxom Mo'minjonovni “Surxon” klubi bosh murabbiyi etib tayinladi. Ortda qolgan mavsumda Namanganning “Navbahor” jamoasini boshqargan mutaxassis endilikda Surxondaryo viloyati jamoasiga ustozlik qiladi.
Jamoa yangi mavsum oldidan yig'inni 5 yanvar kuni Toshkentda boshlashni rejalashtirmoqda. Yangi mavsum startiga qadar bo'lgan tayyorgarlik rejasi yaqin kunlarda tasdiqlanishi kutilmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!