«Inter» frantsiyalik iqtidorni kuzatishni boshladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 26461
Milanning “Inter” klubi "Bordo" yarim himoyachisi Orelen Tchuamenining xizmatiga qiziqish bildirmoqda deb xabar beradi jurnalist Janluki Di Martsioning rasmiy sayti.
Manbaning xabar berishicha, “neradzurri”lar 18 yoshli futbolchining o'sish jarayonini kuzatmoqda. Lekin milanliklar frantsiyalik iqtidor sohibini qachon sotib olishlari noma'lum.
Ma'lumot uchun, joriy mavsum Tchuameni “Bordo” safida 16 ta o'yinda maydonga tushib 1 ta gol urdi. Uning transfer narxi 5 mln evroni tashkil qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!