De Xea yana «Oltin qo'lqop»ni qo'lga kiritdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 81
David De Xea 2022/23 yilgi mavsumda Premer-liganing «Oltin qo'lqop» sovrinini qo'lga kiritdi.
37-turda «Manchester Yunayted» «Bornmut»ni 1:0 hisobida mag'lub etdi. De Xea Premer-liganing joriy mavsumida 18 ta «quruq» o'yin o'tkazdi va bu ko'rsatkich bo'yicha yagona liga peshqadamiga aylandi.
Sovringa da'vogarlik qilgan Alisson («Liverpul»), Nik Poup («Nyukasl») va Aaron Remsdeyl («Arsenal») endi «Manchester Yunayted» darvozaboniga eta olmaydi.
De Xea 2017/18 yilgi mavsumda ham «Oltin qo'lqop»ni qo'lga kiritgandi - o'shanda ham u 18 uchrashuvda gol o'tkazmagan. 2022/23 yilgi mavsumda darvozabonning Premer-ligada yaga 2 ta uchrashuvi qoldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!