"Vest Xem" Moyesni saqlab qolmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 67
Sky Sports xabariga ko'ra, "Vest Xem" kelasi mavsumda Devid Moyesni bosh murabbiy sifatida saqlab qolmoqchi.
60 yoshli shotlandiyalik mutaxassisning shartnomasi 2024 yilning yozida tugaydi va so'nggi paytlarda ingliz klubi rahbariyati kelasi yozda murabbiyni o'zgartirmoqchi ekani haqidagi mish-mishlarga qaramay, Moyes kelasi mavsumda "bolg'achilar"ni boshqarishda davom etishi ehtimoli katta.
Bir necha hafta oldin "Vest Xem" Angliya Premer-ligasida o'z o'rnini saqlab qolish uchun faol kurash olib bordi va jamoaning natijalari yaxshilandi. "Bolg'achilar" hozirda Premer-liga turnir jadvalida 15-o'rinda, quyi ligaga tushib ketish zonasidan 6 ochko oldinda bormoqda.
Jamoa evrokuboklarda ham o'ynashda davom etmoqda. "Vest Xem" Konferentsiyalar ligasi 1/2 finalining birinchi o'yinida "AZ Alkmaar" bilan o'yinda g'alaba qozondi (2:1). Javob o'yini 18 may kuni Niderlandiyada bo'lib o'tadi.