Varan "Real"da unga o'rnak bo'lgan futbolchi kim ekanligini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 173
"Real"ning sobiq himoyachisi, hozirda "Manchester Yunayted" futbolchisi Rafael Varan sobiq jamoadoshlaridan qaysi biri unga eng katta o'rnak bo'lganini aytdi.
“Madridda kimdan ko'proq o'rgandim? Bu qiyin savol, lekin bu Ronaldu bo'lishi mumkin. U har bir tafsilotga chin ko'ngildan yondashadi. Uning motivatsiyasi har bir mashg'ulot va o'yin uchun juda katta edi. U har doim ko'proq narsani xohlaydi, - dedi Varan BT Sports telekanali efirida.
Frantsiyalik va portugaliyalik 2011 yildan 2018 yilgacha "Qirollik klubi" tarkibida birga o'ynashgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!