Maksim Shatskix: «O'zimizga muammo yaratib, keyin uni engib o'tamiz»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 21
"Buxoro"ga qarshi bahsdan so'ng "Paxtakor" bosh murabbiyi matbuot anjumanida qatnashdi.
- O'zimizga o'zimiz qiyinchilik yaratishni, keyin esa uni engib o'tishni yaxshi ko'ramiz. Muxlislarimiz esa bundan xursand bo'lishgani qoldi. Oxirgi soniyalarda penaltini qaytardik. Qizil kartochka bo'ldi. Bugun hamma narsa ro'y berdi. Shunchaki maydonga chiqib, g'alaba qozonish qiziq emasdek. Qandaydir ekzotik narsa o'ylab topish kerak. Afsuski, hozircha shunday. Muhimi, uch ochkoni qo'lga kiritdik.
Banashak ikkinchi davrada safga qaytadi. Tushunarliki, hujumchisiz o'ynash juda qiyin. Hujumchi bu boshqa toifadagi o'yinchi. Bizda boshqa hujumchi yo'q, afsuski.
Yozda ko'p futbolchilarni ko'zdan kechiramiz. Yoshlarni, hamma pozitsiyadagilarni. Hamma pozitsiyaga yangi o'yinchilarni ko'zdan kechiramiz. Bizda sog'lom raqobat bo'lishi shart, agar futbolchilar raqobatni his qilishmasa, hech qachon o'sish bo'lmaydi. Pozitsiyaga kelsak, himoyachi, vinger va hujumchi qidiryapmiz.