"Real"ning juda muhim futbolchisi jarohat oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 373
Madridning "Real" klubining hozirda chap qanot himoyasida harakat qilayotgan yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga "Xetafe"ga qarshi La Liga bahsida (1:0) jarohat oldi.
O'ziga nisbatan ishlatilgan qo'pollikdan so'ng Kamavinga Anchelottidan almashtirilishini so'radi, uning o'rniga 84-daqiqada Alvaro Odriosola maydonga tushdi.
Jarohatning qay darajada jiddiyligi qo'shimcha tibbiy tekshiruvlardan so'ng ma'lum bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, kelasi chorshanba kuni "Real" EChL yarim finali javob bahsida "Manchester Siti" mehmoni bo'ladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!