Gnabri "Bavariya"ni tark etish niyatida emas
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 39
"Bavariya" yarim himoyachisi Serj Gnabri myunxenliklar jamoasini tark etishni istamayapti. Jurnalist Kristian Falkning so'zlariga ko'ra, germaniyalik futbolchiga vaqt berilsa, yana o'zining eng yaxshi holatiga qaytishi mumkinligiga ishonchi komil.
Shu bilan birga, "Bavariya" rahbariyati Gnabrining o'yinlariga ishtiyoq bilan qaramayapti va kelayotgan mavsum oralig'ida futbolchi bilan xayrlashishga tayyor. Serjining o'zi faoliyatini davom ettirish bo'yicha hech qanday taklifga quloq solish niyatida emas.
O'tgan yozda Gnabri "Bavariya" bilan shartnomasini uzaytirdi va maoshini oshirdi. Joriy mavsumda Serj Germaniya chempionatida 10 ta gol va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!