"Bavariya" yozda "Ayaks" futbolchisini sotib olishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 59
Amsterdamning "Ayaks" klubi yarim himoyachisi Edson Alvares yozda Germaniya Bundesligasiga ko'chib o'tishi mumkin. Jurnalist Kristian Falkning yozishicha, meksikalik futbolchi yozgi transferlarda "Bavariya"ga o'tishi mumkin.
Alvaresning "Ayaks" bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar tuzilgan. Ushbu mavsum boshlanishidan oldin yarim himoyachi Angliya Premer-ligasiga o'tishi mumkin edi, ammo Amsterdam klubi rahbariyati Edsonni Londonning "Chelsi" jamoasiga sotmaslikka qaror qildi.
"Bavariya" o'tgan yozda "Ayaks"dan ikki o'yinchi - Nusser Mazraui va Rayan Gravenberxni sotib olgandi. Hozirda ikkalasi ham o'z pozitsiyasidan norozi va yozda jamoani tark etishi mumkin.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!