"Chelsi" ham "Sporting" futbolchisi uchun kurashga qo'shildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 45
Lissabonning "Sporting" klubi yarim himoyachisi Manuel Ugarte Angliya Premer-ligasining yana bir top-klubi e'tiborini tortdi.
Jurnalist Jek Talbotning fikricha, urugvaylik futbolchiga endi Londonning “Chelsi” klubi ham qiziqish bildirmoqda.
Manbaning xabar berishicha, "ko'klar"ga Ugartening o'yini yoqmoqda va yozda transferni amalga oshirishga harakat qilishadi. Eslatib o'tamiz, Manuelning xizmatlariga "Liverpul" ham qiziqish bildirmoqda.
Ugartening "Sporting" bilan shartnomasida tovon puli 60 million evroni tashkil etadi. 22 yoshli yarim himoyachi Portugaliya chempionatining joriy mavsumida 28ta o'yin o'tkazdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!