"Chelsi" "Real"dan Kovachichni sotib oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1004
Xorvatiyalik yarim himoyachi Mateo Kovachich "Real Madrid"dan Londonning "Chelsi" klubiga to'liq ko'chib o'tdi.
O'tgan yozda Kovachich "Real"dan "Chelsi" ga ijaraga berilgan edi va ingliz klubi futbolchini to'liq sotib oldi. Eslatib o'tamiz, fevral oyida FIFA London klubi uchun ikki yil muddatli transfer ta'qiqi qo'ygan edi.
Ma'lumot o'rnida, o'tgan mavsumda 25 yoshli yarim himoyachi "Chelsi" safida 51 marta maydonga tushdi va Evropa ligasini chemponi bo'ldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!