Simeone o'zining sevimli hisobida 50-marta g'alaba qozondi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 12260
«Atletiko» klubi Ispaniya La ligasining 17-turi doirasida bo'lib o'tgan «Espanol»ga qarshi o'yinda kichik hisobda g'alaba qozondi.
"Matraschilar" bosh murabbiyi Diego Simeone faoliyati davomida Ispaniya chempionati doirasida 50-marta 1:0 hisobida g'olib chiqmoqda. «Atletiko» argentinalik mutaxassis qo'lostida eng ko'p qayd etilgan hisob — aynan 1:0 hisoblanadi. Bundan tashqari ko'proq qayd etilgan natijalar: 2:0 – 35ta o'yin, 1:1 – 28ta o'yin, 0:0 – 23ta o'yin, 3:0 – 20ta o'yin.
Faktlar:
— Simeone 2011 yildan beri «Atletiko»ni boshqarib kelmoqda.
— «Matraschilar» ushbu mavsumda La liga jadvalida 2-o'rinda bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!