Andrey Shipilov: «Bunyodkor» bugun haqli ravishda g'alaba qozondi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 914
“Metallurg” – “Bunyodkor” uchrashuvidan so'ng mezbonlar ustozi Andrey Shipilov quyidagicha fikr bildirib o'tdi:
- Bu yilgi mavsumdagi eng yomon o'yinimizni o'tkazdik. O'yinni qanday ta'riflashni ham bilmayapman. Mag'lubiyatdagi ayb – to'laligicha mening zimmamda. Tarkib tanlashda xato qildim. Barchaga o'ynash imkonini taqdim etishga harakat qilayotgan edim. Namanganda yaxshi o'ynagan edik. Lekin undan ko'ra, Namanganda bunday yomon o'ynab, bugun uyda g'alaba qozonsak yaxshiroq bo'lar edi balkim. “Bunyodkor” esa bugun haqli ravishda g'alaba qozondi. Vadim Abramov shogirdilari bugun g'alabaga haqli o'yin namoyish etishdi, - dedi mutaxassis.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!