«Barselona» futbolchisi ozod agentga aylandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 903
Braziliyalik himoyachi Duglas Pereyra besh yil «Barselona» futbolchisi statusida yurgandi. Football Espananing xabar berishicha, uning kataloniyaliklar bilan shartnomasi yakunlanib, ozod agentga aylangan. 2014 yilning yozida «blaugranas» Duglasni «San-Paulu»dan 4 million evroga sotib olgandi.
28 yoshli futbolchi «barsa» safida atiga 8ta o'yinda maydonga tushgan, xolos. Keyinchalik «Sporting» (Xixon), «Benfika» va «Sivasspor» klublarida ijarada o'ynadi.
Ayni paytda futbolchiga «Sivasspor» va «Galatasaroy» jamoalari qiziqish bildirishmoqda
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!