Davron Fayziev: Jangovar o'yin guvohi bo'ldik
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 839
“Buxoro” – “Dinamo” uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi Davron Fayziev quyidagicha fikr bildirib o'tdi:
- Bugun jangovar o'yin guvohi bo'ldik. Faqat o'yinni bezash uchun gollar etishmadi xolos. Biz Buxoroga 3 ochko qo'lga kiritish uchun kelgan edik. Bugun yigitlar maydonda borlarini berib harakat qilishdi. Asosiysi – ochko qo'lga kiritildi. Har bir ochko o'z qadriga ega. Biz bugun yomon o'yin ko'rsatmadik. Muhimi – himoyada yotib olganimiz yo'q. Hujumga o'tishga intildik. Sekin-asta kelasi o'yinlarda ijobiy natijaga ham erishamiz. Endi e'tiborni keyingi o'yinga puxta tayyorlanishga qaratamiz, - dedi mutaxassis.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!