«Yosh kuch» stadioni shay holatga keltirilmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 3245
Xabaringiz bor, bugun hududiy bolalar va o'smirlar futbol akademiyalari o'rtasida O'zbekiston chempionati 2-turiga start berildi.
Ertaga Namangandagi "Yosh kuch" stadionida Namangan bolalar-o'smirlar akademiyasi tarbiyalanuvchilari Jizzax akademiyasiga qarshi bahs olib boradi.
Mazkur o'yinni qabul qilish uchun "Yosh kuch" stadioni shay holatga keltirilmoqda. Mazkur o'yingoh akademiya balansiga o'tganidan keyin bu erda katta hajmdagi qayta ta'mirlash ishlari olib borildi. Hozirda stadion maysasi ajoyib holatga kelgan.
Jamoalar va muxlislar uchun barcha qulayliklar yaratildi. Ertaga bu stadionga tashrif buyuradigan muxlislar shiddatli to'qnashuv guvohi bo'lishlari kutilmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!