Авторизация
Eslab qoling: futboltv.asia
 
  • 01:30 – Serbiya - SHveycariya uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi elon qilindi 
  • 01:10 – “Real” ukrainalik 19 yoshli darvozabon bilan shartnoma tuzdi 
  • 01:00 – JCH-2018. SHveycariya Serbiya ustidan irodali g'alaba qozondi 
  • 00:50 – JCH-2018. Serbiya - SHveycariya 1:2 LIVE. MATNLI TRANSLYACIYA 

O'zbekiston Prezidenti jahon chempionatining ochilish marosimida ishtirok etdi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev Rossiya Federaciyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 14 iyun kuni Moskvaga tashrif buyurdi.

O'zbekiston Prezidenti jahon chempionatining ochilish marosimida ishtirok etdi

Davlatimiz rahbari ushbu mamlakatda bo'lib o'tayotgan futbol bayramiga xos ko'tarinki muhitda kutib olindi. 

SHavkat Mirziyoev “Lujniki” olimpiya kompleksida o'tkazilgan futbol bo'yicha jahon chempionatining ochilish marosimida ishtirok etdi. 

Mazmunli g'oyaviy echim, noyob texnik imkoniyatlar asosida tayyorlangan tantanali tadbir tomoshabinlarga katta zavq bag'ishladi. Mashhur estrada yulduzlari jo'rligida jahon chempionatining rasmiy qo'shig'i ijro etildi. Butun dunyodan kelgan muxlislar futbol olamining eng nufuzli musobaqasida ishtirok etayotgan mamlakatlar jamoalarini qutladi.

Prezidentimiz oliy martabali mehmonlar qatorida Rossiya va Saudiya Arabistoni milliy terma jamoalari o'rtasidagi o'yinni tomosha qildi. Xorijiy davlatlar rahbarlari bilan samimiy muloqotlar o'tkazdi.

Prezident SHavkat Mirziyoev shu kunning o'zida Toshkentga jo'nab ketdi.


Manba: chempionat.asiaскачать dle 12.1
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Оставить комментарий
  • Bugun
  • Ko'p o'qilgan
  • Muhokama
Chempionatlar
  • APL
  • LaLiga
  • B.liga
  • Seria A
  • Liga 1