Авторизация
Eslab qoling: futboltv.asia
 
  • 22:20 – Yaponiya - Senegal 2:2 (O'yin statistikasi) 
  • 22:10 – JCH-2018. Polsha - Kolumbiya LIVE (matnli translyaciya) FOTO 
  • 22:00 – JCH-2018. Gollarga boy o'tgan uchrashuvda g'olib nomi aniqlanmadi 
  • 21:41 – JCH-2018. Yaponiya - Senegal 2:2 LIVE (matnli translyaciya) FOTO 

"Navbahor" Golban, Hamrobekov, Sergeev va Iskanderov borasida rasmiy bayonot berdi

12 iyun kuni Superligada 15-tur uchrashuvlari yakuniga etdi va Rossiyada o'tkaziladigan jahon chempionati munosabati bilan milliy chempionatimizda qisqa tanaffus yuzaga keldi.

"Navbahor" Golban, Hamrobekov, Sergeev va Iskanderov borasida rasmiy bayonot berdi

Pro-ligada esa 29 iyundan jamoalar tatilga yo'l olishadi.  

O'zbekiston Professional Futbol Ligasi yozgi transferlar oynasi 18 iyun – 15 iyul sanalari oralig'ida bo'lishini malum qildi. Superliga hamda Pro-liga ishtirokchi jamoalari mazkur davr oralig'ida o'z tarkiblarini yangi futbolchilar bilan to'ldirib olish imkoniyatiga ega bo'lishadi.  

Jumladan, joriy mavsumda o'z oldiga yuksak maqsadlarni qo'ygan Namanganning “Navbahor” klubi ham transferlar oynasi vaqtida o'z tarkibiga bir qator yangi o'yinchilarni qo'shib olishni rejalashtirgan. Bir necha kun oldin “lochinlar” tarkibiga yarim himoyachi SHerzod Karimov qo'shildi va bu haqda rasmiy saytimizda xabar berdik.

Ammo ayrim saytlarda jamoamizga oid tasdiqlanmagan malumotlar chop etilmoqda. Jumladan, “Navbahor” tarkibiga “Nasaf”ning rossiyalik himoyachisi Igor Golban, shuningdek, qarshiliklar yarim himoyachisi, namanganlik futbolchi Odil Hamrobekov, BAAning “Al-Dafra” klubida faoliyat yuritayotgan “Paxtakor”ning sobiq hujumchisi Igor Sergeev, “Paxtakor” yarim himoyachisi Jamshid Iskanderov singari futbolchilarning kelishlari yozilmoqda. Ammo bu gaplar hozircha mish-mishdan boshqa narsa emas.

To'g'ri, “Navbahor” PFK bir qator futbolchilar bilan muzokara olib bormoqda. Lekin ularning ism-shariflari hozircha sir. Muzokaralar ijobiy yakun topsa, rasmiy saytimizda bu haqda birinchi bo'lib, xabar beramiz. SHuning uchun sizlardan turli yolg'on malumotlarga ishonmasligingizni so'raymiz.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.


Manba: chempionat.asiaскачать dle 12.1
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Оставить комментарий
  • Bugun
  • Ko'p o'qilgan
  • Muhokama
Chempionatlar
  • APL
  • LaLiga
  • B.liga
  • Seria A
  • Liga 1