Авторизация
Eslab qoling: futboltv.asia
 
  • 16:50 – Jan Ronalduning chetlatilishi haqida: "Krishtianuga raqib sochiga tekkani uchun qizil kartochka berishdi" 
  • 16:20 – Modrich haqida odamlar nima deydi? 
  • 15:50 – Papen PSJ triosi haqida: "Ular qahramon emas, xudbin" 
  • 15:50 – ECHL. UEFA haftaning eng chiroyli goliga nomzodlarni elon qildi 

"Mening ilk mundialim" - "CA" ijodkorlarining JCH xotiralari

Barchamiz o'zimiz ko'rgan birinchi mundialimiz haqida ajoyib xotiralarni yodga olib turamiz.

"Mening ilk mundialim" - "CA" ijodkorlarining JCH xotiralari

Saytimiz ijodkorlari o'zlarining ilk Jahon chempionatlari bilan bog'liq xotiralar bilan o'rtoqlashishdi.

Omonjon To'xtamirzaev, ruscha bo'lim xodimi

- Men uchun dastlabki mundial bu Yaponiya va Janubiy Koreyada o'tgan chempionat. O'sha musobaqadan bir olam taassurot qolgan. Kutilmaganda koreyslarning musobaqa yarim finaliga qadar etib borishi, yuzini bo'yab olgan Rushtu Rechber, Ronaldonikidan qolishmaydigan soch turmakli Umit Davala. Rivaldoning turklar bilan uchrashuvda tarixda qolgan simulyaciyasi, Ronaldinoning Devid Simen darvozasiga urgan ajoyib goli, Oliver Kan o'yinlari va albatta Ronaldoning finaldagi dubli... Ajoyib musobaqa bo'lgandi o'ziyam.

Nodirxo'ja Yuldashev, "CA"ning sobiq rahbari, jurnalist, TFF vice-prezidenti

"Bugun penalti bo'larkan..."

- Amakimni uyidaman, akam kirib keldi, - Bugun kechga futbol ko'ramiz, Gollandiya - Braziliya penalti tepisharkan!

SHu kun yaxshigina esimda qolgan, hozir vikipediyadan qarab o'tirmadim. Demak o'yin kechga yaqin bo'lgan bo'lsa, uxlaganmiz va ertasi kuni akam natijani bilib qayta efirda ko'rishimizni aytgan bo'lgan. Adashmasam, o'shanda TV2 kanalida ko'rsatgan edi, hozirgi "Yoshlar" kanali. Qisqasi, birinchi jahon chempionatim Franciya-98 bo'lgan va unda Braziliyaga ishqibozlik qilgan edim. Afsuski finalda omad yaxshigina yuz o'girgan va francuzlar erasi boshlangan edi. Avvaliga JCH, keyin Evro. Undan o'tib Zidan nimalar qilib tashlamadi deysiz futbol olamida, Anri uchun "Arsenal"ga muxlislik qila boshladim. Rivaldo uchun "Barselona"ga, keyin "Inter" "A-Seriya"da Ronaldosi bilan qiziqtirib qo'ydi. Nima uchundir francuzlardan faqat Anriga "simpatiya" bor edi. CHunki u erda Bergkamp o'ynar, Denis uchun esa JCH-98da Gollandiyaga ham ishqiboz bo'lgan edim. 11 yoshimdagi ilk jahon chempionatimni ko'rdim.

Finalni nima uchundir ko'rmaganman. Uxlab qolganman shekili, ertasiga qo'shnilar Franciya g'alaba qozonganini aytishganida ishonmagandim. CHunki braziliyaliklar rostan kuchli edilar. Dunga boshchiligida terma jamoaning himoyasidagi Kafu va Roberto Karlosdek futbolchilarni hozir ham yorqin xotiralar bilan eslasalar ajab emas.  
Sezar Sampayo, Bebeto. Denilson degan "tentak" o'yinchi bo'lardi. Uni individual harakatlarini JCH-98ni ko'rmaganlar Janubiy Koreya va Yaponiyada bo'lib o'tgan mundialda ko'rgan bo'lishlari kerak.

Yana menga Xorvatiyani o'yinlari yoqqan edi. Davor SHukerning benefisi bo'lgan mundial. Bartezni Ronaldoga tashlangani yodimda. Ronaldo o'sha mundialni jarohat bilan o'tkazgan. Francuz uni bir yo'la o'yindan chiqarib qo'ymoqchi bo'lgan. To'g'ri atayin qilmagan, lekin bu final o'yinida o'z tasirini o'tkazgan deb o'ylayman. Tag'in bilmadim, u paytlar 11 yoshda edim.

Oradan 20 yil o'tib ertaga Moskvaga yo'l olayapman, faqat uzoq emas, bor yo'g'i 5 kunga!

Zoir Tursunboev, operator

- Men uchun ilk Jahon chempionati Braziliyada o'tgan mundial. Va albatta yodimda qolgani Germaniya Braziliyani o'z uyida sharmanda qilgan o'yin - 1:7. SHuningdek, o'sha bahsda Miroslav Kloze Braziliyaga gol urib, Ronaldoni vatanida uning rekordini yangilab, o'z nomini JCH tarixiga muhrlab qo'ygandi.

Jahongir Sotvoldiev, muxbir

- Mening birinchi mundialim - JCH-2002

Jahon chempionatini ilk marotaba 2002 yili tomosha qilganman. O'shanda Germaniyaga muxlislik qilganman. Nemis futbolchilaridan Oliver Birxoff, Oliver Kan, Mixael Ballak, Torsten Frings, Oliver Noyvil, Miroslav Kloze kabi futbolchilar menda iliq tassurot qoldirgan. Nemis mashinasining finalda Braziliyadan bu tarzda mag'lub bo'lishini kutmagandim. Finaldan so'ng ko'z yoshlarimni tiya olmaganman. JCH-2002da  Ronalduning soch turmagi, Oliver Kanning yorqin o'yinlari, Kafuning quvonch ko'z yoshi va Germaniyaning alamli mag'lubiyatini hech qachon yodimdan chiqmasam kerak.

Narzulla Saydullaev, bosh muharrir

- Futbolga 2001 yil qiziqib qolganman va shu bois birinchi marotaba 2002 yili Yaponiya va Janubiy Koreyada o'tgan Jahon chempionatini tomosha qilganman. Ushbu mundialdan xotiralarim: Franciyaning sensacion mag'lubiyati, Ilhan Mansiz va An Jun Xvanning oltin gollari, Germaniya - Saudiya Arabistoni 8:0, Xoqon SHukurning 11-soniyadagi goli, finalda o'ynay olmagan Ballak va Ronaldoning g'aroyib soch turmagi. Bu Jahon chempionatining menga eng yoqqan jihati - vaqtning bizga juda mos bo'lganligi. Yani ertalab soat 10dan 18ga qadar mundial o'yinlarini tomosha qilganman.

Tolibjon Qosimov, xorij futboli bo'limi muharriri

"Oq-qora mundial va Bekxemning ko'z yoshlari"

- Evro-2000ni ko'rgan bolakay uchun JCH-2002 birinchi mundial edi. SHu sababdanmi, hozirgacha yodimda eng yaxshi saqlanib qolgan Jahon chempionati ham aynan 2002 yilgi musobaqa. Men uchun birinchi bo'lgan o'sha mundialni oq-qora rangli, kanaldan kanalga muruvatni burab olinadigan televizorda tomosha qilganman. CHunki, u paytda hali uyimizda rangli televizor yo'q edi. Ayniqsa, final kechagidek esimda. O'shanda Braziliya sariq, Germaniya esa oq libosda maydonga tushgan. Bu narsa oq-qora tasvirli TVda juda ham noqulaylik tug'dirgan. SHu sabab, JCH-2002ning birinchi bo'limini uyda tomosha qilganimizdan keyin, tanaffusda akam ikkimiz velosipedlarimizni minib amakimning uylariga "uchganmiz". SHu tariqa, Braziliyaning chempion bo'lganini rangli televizorda ko'rganman.

Futboldagi kumirim Devid Bekxem bo'lgani uchun bevosita uning va Angliya terma jamoasining o'yinlarini diqqat bilan kuzatganman. Beksning Argentinaga penaltidan gol urgani va quvonch bilan qo'llarini keng yoygancha yugurgani hamon yodimda. Franciyaning guruhda sharmanda bo'lgani, Umid Davala, Bekxem va Ronaldoning soch turmagi bir umrga esimda qolgan.

Turkiyaning irodali, Rushtu Rechberning super o'yini, Italiya va Ispaniyaning Janubiy Koreya bilan o'yinlarda "qon yig'lagani", An Jun Xvanning "moviy gvardiyachilar" darvozasini ishg'ol qilganidan so'ng o'sha paytdagi jamoasi "Perudja"dan haydalgani men qatori ko'pchilikning xotirasidan o'chmagan bo'lsa kerak. Yana bir jihat men jahon futbolida Miroslav Kloze nomli hujumchini ayni Osiyo maydonlarida taniganman.

2002 yilgi Jahon chempionatidagi ikkita o'yinni alohida takidlagan bo'lardim.

Birinchisi chorak final doirasida o'tgan Angliya - Braziliya uchrashuvi. Avvaliga Maykl Ouen hisobni ochgan va hammasi yaxshi ketayotgan edi. Ammo, Rivaldo muvozanatni tiklab qo'ygandi. Keyinchalik, o'sha paytda "quturib borayotgan" Ronaldino jarimadan aqlbovar qilmas zarba yo'llab braziliyaliklarga g'alabani olib bergandi. Etiborlisi, o'shanda bellashuvdan oldin gazetalarda ham, TV4 (hozirgi "Sport TV")dagi qaysidir bir ko'rsatuvda ham Bekxem va Roberto Karlosni jarima zarbalarining qirollari ekanligi va ulardan qaysi biri muxlislarga standartdan gol tortiq etishi haqida jar solingandi. O'sha gap so'zlar kechagidek xotiramda saqlanib turibdi. Amalda esa unisi ham, bunisi ham emas, keyinchalik o'z o'yinlari bilan dunyoni larzaga keltirgan Ronaldino jarimadan shedevr gol urgan edi. Uchrashuvdan keyin Bekxem yig'lagandi, jamoasi bilan birga mundialdan chiqib ketganidan ko'z yosh to'kkandi bizning kumir.

Daxshatli finalni ham gapirmaslikning imkoni yo'q. Oliver Kan atalmish "Qoya"ning fantastik o'yinlarini tomosha qilib kelgandim va uchrashuv boshlanganda ham braziliyaliklar Kanning darvozasiga yo'l topa olisharmikin degan o'y hayolimdan o'tgan o'shanda. Amalda esa Ronaldoning bir o'zi nemislarga qo'shib Oliverni ham taslim qilgan edi. O'sha finaldan so'ng maktabda futbol o'ynaganimizda uzoq vaqt gollarimni aynan Ronaldoga o'xshab nishonlaganimni ham aytib ketishni lozim topdim.

Xayrulla Xoliqov, o'zbek futboliga ixtisoslashgan jurnalist

"Oradan 20 yil o'tib..."

- 1998 yil Franciya yashil maydonlarida o'tkazilgan mundial mening birinchi jahon chempionatim bo'lgandi. SHungayam hash-pash deguncha 20 yil bo'libdi. Mana endi yigirma yil o'tib navbatdagi musobaqa Rossiyada bo'ladi.

1998 yilgi jahon chempionati paytida 17 yosh edim va ko'p o'yinlar hozirgacha yodimda qolgan. O'yinlar o'quvchilar tatilga chiqqan payt o'tkazilgan emasmi, kunduzi ishlab (o'ynab), kechqurun maza qilib futbol ko'rardik. Ishlab deganda u payt qishloqda edim va tegirmonimiz bo'lardi. Odamlar qopga solib bug'doy olib kelar, bazan dadam, bazan ukam ikkalamiz tegirmondan chiqarib un qilib berardik.

Lekin tegirmonnni hadeb ishlatmasdik, havoning juda issiqligidan motori tez qizib ketardi. SHu bois ikki-uch qop un chiqarib dam berar, bu orada esa ukam ikkalamiz tegirmon ichida kichkina koptokchada futbol o'ynardik. Men Franciya terma jamoaga muxlislik qilganim uchun Peti, Desham, Zidan yoki Bartez bo'lardim. Ukamning kimga qiziqqani hozir esimda yo'q.

1998 yildan beri Franciya terma jamoasiga ishqibozman. Nima uchun? O'shanda jahon chempionati Franciyada o'tkazilgani uchun mezbonlar yutishini juda xohlagandim. SHu bois oxirigacha francuzlarga muxlislik qilganman, endi-ku finalda Braziliya 3:0 hisobida mag'lub etilganida qanchalik quvonganimni tasavvur qilavering.

Keyinchalik oradan ikki yil o'tib Franciyaning o'sha oltin avlodi Evropa chempionatida zafar quchdi. Ammo 2002 yilgi mundialda guruhdan chiqa olmaganida juda xafa bo'lgandim. Ayniqsa, birinchi o'yinda "uch ranglilar"ning Senegalga yutqazib qo'yishini hech kim kutmagandi.

JCH-98dan nimalar esda qolgan? Ruminiya terma jamoasining qaysidir o'yinda sochini sariqqa bo'yab tushgani, Bogdan Stelea degan kal darvozabon o'ynagani, Davor SHukerning qoyilmaqom gollari, Meksikada Ernandes degan sochi uzun futbolchi o'ynagani, finalda Zidanning bosh bilan urgan ikkita goli, Bartezning to'pni qaytaraman deb Ronaldo ustiga yiqilgani, Maykl Ouenning qariyb maydon markazidan yugurib borib Argentinaga gol urgani, Dennis Bergkampning Argentina darvozasiga juda chiroyli to'p kiritgani, Lilian Tyuramning xorvatlarga urgan ikkita goli, har bir g'alabadan so'ng Loran Blan Bartezning kal boshini o'pib qo'yishi va hokazo.

Esimda, o'sha paytlari uyimizda rangli televizor yo'q edi, o'yinlarni oq-qora "Rassvet"da ko'rgandik. Keyin adashmasam o'sha payt France 98 yozilgan saqich bo'lardi. Ichidan har xil futbolchilarning nakleykasi chiqardi. O'ziyam rosa yig'gandik. Mana endi oradan shuncha vaqt o'tib yana bir mundial ostonasida turibmiz. Kimga muxlislik qilaman? Doimgidek Franciyaga albatta. Lekin Messi uchun jahon chempionatini Argentina yutishini xohlayman.

Aziz To'xtamurodov, "Olamsport.com" muharriri

- Ilk marotaba 9 yoshimda, 2002 yili Yaponiya va Janubiy Koreyada bo'lib o'tgan jahon chempionatini tomosha qilganman. Musobaqa davomida yodimda qolgan eng muhim voqeliklar sifatida Germaniyaning Saudiya Arabistoni terma jamoasi ustidan yirik g'alabasi, Umit Davala va Ronaldoning soch turmagi, Turkiya terma jamoasining zafarli yurishi, Rushtu Rechber, Germaniya - Braziliya final o'yinlarini alohida qayd etib o'tishni istardim. Uchrashuvlar kunduz kuni bo'lgani ham ko'pgina uchrashuvlarni tomosha qilishimda muhim rol o'ynagan :)

O'sha ajoyib musobaqani ko'rganimda, nima uchun O'zbekiston terma jamoasi JCHda yo'q ekanligini kattalardan so'raganman. Ular esa saralash bosqichidagi mag'lubiyatlar sabab terma jamoa JCHdan quruq qolganimizni tushuntirib berishgan. Qatar va Ummon terma jamoalariga mag'lub bo'lganimizni ham eslayman. Mag'lubiyatlar sabab terma jamoamiz qanday futbol bayramidan quruq qolib ketganini tushungandim. Keyingi jahon chempionatini yana to'rt yil kutar ekanmizda degandim o'shanda...

Jasur Aslanov, xorij futboli bo'limi xodimi

- Men ko'rgan birinchi mundial Yaponiya va Janubiy Koreya maydonlarida o'tgan JCH-2002. Turnirda eng esda qolgani Ronaldoning g'aroyib soch turmagi bo'lgan. Xatto ukam tasodifan yashil bo'yoq bilan sochini Ronaldoniki kabi ko'rinishga keltirgan. O'yinlarni aniq eslay olmasamda, Janubiy Koreya hakamlar yordamida yarim finalga chiqqani haqidagi gap-so'zlar hozir ham yodimda.

SHahboz Beg'amov, o'zbek futboliga ixtisoslashgan jurnalist

- Ilk mundialni 9 yoshimda tomosha qilganman. JCH-2002ni eslaganda albatta yorqin xotiralar keladi. JCH-2002da men o'zim uchun kumirimga Miroslav Klozeni kashf qilganman. Klozening mashhur gollari va "salto"si kechagidek yodimda. Ronaldoning antiqa soch turmagi, Umit Davala, shovqin ko'targan Senegal, yaponiyalik Inamoto, Janubiy Koreyaga xizmat qilgan hakamlar va "titan" laqabli Oliver Kanning fantastik o'yinlari.
Ronaldoning soch turmagiga qiziqib, sochimni xuddi o'shanday qilib oldirganim kechagidek yodimda. Lekin bu soch turmagi uzoqqa cho'zilmagan. CHunki uyga borib yaxshigina gap eshitgach, yana sartaroshxonaga tezda qaytishga to'g'ri kelgandi:-)

Birinchi mundialimdagi eng yorqin xotiralar shular. Umuman har bir mundialda o'ziga xos voqealar yoki o'yinlar bo'ladi. Masalan undan keyingi JCHda Zidanning "kalla" qo'yishi, 2010 yilgi mundialdagi Ravshan Ermatov va vuvuzelalar, JCH-2014da esa Germaniya hamda Klozening Braziliya ustidan erishgan fantastik benefisi. O'ylaymanki, bu yilgi Rossiyada bo'ladigan Jahon chempionati ham bizga bir olam qiziqarli va unitilmas onlarni taqdim etadi.


Manba: chempionat.asiaскачать dle 12.1
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Оставить комментарий
  • Bugun
  • Ko'p o'qilgan
  • Muhokama
Chempionatlar
  • APL
  • LaLiga
  • B.liga
  • Seria A
  • Liga 1