Авторизация
Eslab qoling: futboltv.asia
 
  • 22:20 – Yaponiya - Senegal 2:2 (O'yin statistikasi) 
  • 22:10 – JCH-2018. Polsha - Kolumbiya LIVE (matnli translyaciya) FOTO 
  • 22:00 – JCH-2018. Gollarga boy o'tgan uchrashuvda g'olib nomi aniqlanmadi 
  • 21:41 – JCH-2018. Yaponiya - Senegal 2:2 LIVE (matnli translyaciya) FOTO 

Ibragimovich: "SHveciyada katta masuliyat yo'q, chunki men jamoada emasman"

SHveciya terma jamoasi sobiq hujumchisi Zlatan Ibragimovich JCH-2018dan nimalar kutayotgani haqida gapirdi.

Ibragimovich: "SHveciyada katta masuliyat yo'q, chunki men jamoada emasman"

"Jahon chempionatida o'ynash uchun hamma narsa qilgan bo'lardim, biroq bu turnirda eng yaxshilar yig'ilganiga ishonaman. Bir necha yil avval mundialda ishtirok etganman va bu futbolchining faoliyatida sodir bo'ladigan eng yaxshi voqealigini bilaman.

SHveciya terma jamoasidagi kim bilandir kelishmovchilik? Futbolchilar bilan emasligi aniq, SHveciya futbol federaciyasidagilar bilan. CHunki ular kim murabbiy bo'lishini aniqlashadi. Milliy jamoaga nima deyman? SHunchaki o'yindan rohatlaning, siqilmang. U erda emasman!

SHveciya terma jamoasida hozir katta masuliyat yo'q deb o'ylayman - chunki men Rossiyaga bormadim. Terma jamoada bo'lsam, har bir o'yinda g'alaba qozonishimiz kerak! SHunchaki bu qonimda bor - hammasini yutishni istayman. Aynan shu uchun shug'ullanaman. Masalan, Germaniyani nega mashina deyishadi? Ular doimo yaxshi o'ynashadi, tarkibda fantastik futbolchilar to'lib yotibdi. Terma jamoada yulduzlar bo'lishi kerak - aynan shu jamoani kuchaytiradi. SHu jihat tufayli Germaniyani etakchi deb hisoblashadi, bu jamoaning darajasi hech kimni hayron qoldirmaydi" - deydi Ibragimovich.


Manba: chempionat.asiaскачать dle 12.1
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Оставить комментарий
  • Bugun
  • Ko'p o'qilgan
  • Muhokama
Chempionatlar
  • APL
  • LaLiga
  • B.liga
  • Seria A
  • Liga 1