Авторизация
Eslab qoling: futboltv.asia
 
  • 22:20 – Yaponiya - Senegal 2:2 (O'yin statistikasi) 
  • 22:10 – JCH-2018. Polsha - Kolumbiya LIVE (matnli translyaciya) FOTO 
  • 22:00 – JCH-2018. Gollarga boy o'tgan uchrashuvda g'olib nomi aniqlanmadi 
  • 21:41 – JCH-2018. Yaponiya - Senegal 2:2 LIVE (matnli translyaciya) FOTO 

Ekspert tahlili: Saudiya Arabistoni

Bugun 20:00da Rossiya - Saudiya Arabistoni o'yini bilan navbatdagi jahon chempionatiga start beriladi.

Ekspert tahlili: Saudiya Arabistoni

12 yillik tanaffusdan keyin yana jahon chempionatiga chiqqan Saudiya Arabistoni o'z tarixida beshinchi bor mundialda ishtirok etadi. Avvalgi to'rtta ishtirok orasida eng muvaffaqiyatlisi 1994 yilgi JCH bo'lgandi. O'shanda saudiyaliklar tarixda birinchi bor va hozirgacha yagona bo'lib turgan natija guruhdan chiqqan edilar.

Odatga ko'ra OFK veb-sayti jurnalistlardan biriga murojaat etib Saudiya Arabistoni haqidagi bazi malumotlarga ega bo'ldi. Atef Nahass, saudiyalik fubol jurnalisti - 1982, 1986, 1990 yillardagi mundialni ko'rgan. 1994-2006 yillar orasida Saudiya termasi qatnashgan har to'rttala jahon chempionatiga tashrif buyurgan.

- Saudiya Arabistonini navbatdagi jahon chempionatida nima kutmoqda?
- SHaxsan men ko'p narsa kutayotganim yo'q. CHunki bizni jahon chempionatiga olib chiqqan murabbiy Bert van Marveyk ketib qoldi. Hozirgi murabbiy nimalarga qodirligini esa bilmaymiz.

- Jahon chempionatida munosib ishtirok etish uchun nima qilish kerak?
- Avvalo jamoaviy ruh kuchli bo'lish kerak. To'p tepishni hamma biladi, lekin kuchli ruhiyat hammada ham yo'q. O'yinlar paytida butun Saudiya Arabistoni terma jamoani qo'llab turadi. Futbolchilar shuni his qilishlari zarur.

- Qaysi futbolchi hammaning diqqat-markazida bo'ladi?
- Agar jarohati bo'lmaganida Navaf Al Obidni aytgan bo'lardim. U saralash bosqichini juda yaxshi o'tkazdi. Fahad Al Muvallad o'zini ko'rsatishi mumkin, lekin mening taxminimcha eng yaxshi futbolchi bu Salim Al Dovsari bo'ladi.

- Qaysi jahon chempionati ko'proq yodingizda qolgan?
- Albatta, 1994 yilgi mundial. CHunki bu biz uchun ilk jahon chempionati bo'lgandi va dastlabki urinishdayoq guruhdan chiqqanmiz.

- O'tmishda o'ynaganlardan kim hozirgi jamoaga mos tushgan bo'lardi deb o'ylaysiz?
- SHubhasiz, Sayid Ovayran. U buyuk futbolchi bo'lgan.

- Sizningcha, terma jamoaning asosiy tarkibi qanday ko'rinishda bo'ladi?
- Xo'sh, darvozada Yosir Al Musaylim. Himoya: Yosir Al SHahrani, Osama Xavsavi, Omar Xavsavi, Mansur Al Xarbi. Yarim himoya: Salim Al Dovsari, Abdulloh Otayf, Salman Al Faraj, Taysir Al Jassim, Yahyo Al SHehri. Hujum: Fahad Al Muvallad.

- Guruh o'yinlarida taxminingiz?
- Aslida bashoratchi emasman. SHunga qaramay taxmin qilib ko'raman. Rossiya bilan 2:2, Urugvayga yutqazamiz 1:3, Misrni esa yutamiz 2:1.


Manba: chempionat.asiaскачать dle 12.1
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Оставить комментарий
  • Bugun
  • Ko'p o'qilgan
  • Muhokama
Chempionatlar
  • APL
  • LaLiga
  • B.liga
  • Seria A
  • Liga 1