Авторизация
Eslab qoling: futboltv.asia
 
  • 22:20 – Yaponiya - Senegal 2:2 (O'yin statistikasi) 
  • 22:10 – JCH-2018. Polsha - Kolumbiya LIVE (matnli translyaciya) FOTO 
  • 22:00 – JCH-2018. Gollarga boy o'tgan uchrashuvda g'olib nomi aniqlanmadi 
  • 21:41 – JCH-2018. Yaponiya - Senegal 2:2 LIVE (matnli translyaciya) FOTO 

"Nasaf" muxlisga atalgan JCH chiptasini jamoa murabbiyiga berdi + FOTO

"Nasaf" futbol klubi o'zining ashaddiy ishqiboziga Rossiyada o'tkaziladigan jahon chempionati uchrashuviga chiptani sovg'a qildi.

"Nasaf" muxlisga atalgan JCH chiptasini jamoa murabbiyiga berdi + FOTO

Bu haqda klub matbuot xizmati .

O'FA tomonidan har bir klubga Jahon chempionati o'yinlari uchun chiptalar taqdim etilgan. "Nasaf" futbol klubi rahbariyati ajratilgan chiptani o'zining ashaddiy muxlisiga sovg'a qilishga qaror qildi.

Xolbek Yuldashev Moskva shahrida bo'ladigan  Serbiya – Braziliya  uchrashuvi chiptasini "Nasaf" futbol klubi bosh menedjeri Sergey Kucherenkodan qabul qilib oldi.


CHipta topshirilgandan so'ng, Xolbek Yuldashev quyidagi fikrlarni bildirdi.

-To'g'risi, Jahon chempionati uchrashuvlarini avvallari faqat teleekran orqali tomosha qilganman. Har bir muxlis bunday ulkan nufuzga ega futbol uchrashuvlarini stadionda tomosha qilishni bir umr orzu qiladi. Futbol ishqibozi sifatida shunday orzuim ushalmoqda, katta futbol uchrashuvini bevosita stadionda turib tomosha qilish baxtiga muyassar bo'layapman. Buning uchun O'zbekiston futbol Associaciyasi rahbariyatiga va "Nasaf" professional futbol klubiga o'z minnatdorchiligimni bildiraman.



P.S. Xolbek Yuldashev 2018 yilga qadar futzal bo'yicha Qarshining "Do'stlik-AIN" jamoasi bosh murabbiyi bo'lgan. Futzal yangicha tizimga o'tganidan keyin esa "Nasaf"ning futzal jamoasini boshqarib kelmoqda.


Manba: chempionat.asiaскачать dle 12.1
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Оставить комментарий
  • Bugun
  • Ko'p o'qilgan
  • Muhokama
Chempionatlar
  • APL
  • LaLiga
  • B.liga
  • Seria A
  • Liga 1