Авторизация
Eslab qoling: futboltv.asia
 
  • 22:20 – Yaponiya - Senegal 2:2 (O'yin statistikasi) 
  • 22:10 – JCH-2018. Polsha - Kolumbiya LIVE (matnli translyaciya) FOTO 
  • 22:00 – JCH-2018. Gollarga boy o'tgan uchrashuvda g'olib nomi aniqlanmadi 
  • 21:41 – JCH-2018. Yaponiya - Senegal 2:2 LIVE (matnli translyaciya) FOTO 

JCH-2018. Rossiya - Saudiya Arabistoni. Prevyu

2018 yilgi Jahon chempionatining dastlabki o'yini bugun bo'lib o'tadi.

JCH-2018. Rossiya - Saudiya Arabistoni. Prevyu


"A" guruhi, 1-tur,
14 iyun 2018. Moskva. "Lujniki" stadioni. 20:00.
Hakamlar: 
Nestor Pitana (Argentina), Emerson De Karvalyu (Braziliya), Xuan Pablo Belatti (Argentina), Sandro Richchi (Braziliya)
Video assistent hakamlar: Massimiliano Irrati (Italiya), Mauro Vijliano (Argentina), Karlos Astroza (CHili), Daniele Orsato (Italiya)

Mundialning ochilish uchrashuvida ushbu Jahon chempionati qatnashchilari orasida FIFA reytingida eng pastki o'rinlarda borayotgan ikki jamoa to'qnash keladi. Musobaqa mezbonlari 70-o'rinda, Saudiya Arabistoni esa 67-pog'onani egallab turibdi.

Rossiya oktyabr oyidan buyon hech bir o'yinni yuta olmadi, jamoaning g'alabasiz seriyasi 7ta o'yinga etdi. Saudiya Arabistoni Italiya, Peru va Germaniyadan uchralgan mag'lubiyatlar bilan Jahon chempionatiga etib kelmoqda.


"Yashil burgutlar" 2006 yildan buyon ilk bor mundialda ishtirok etishadi. Gollandiyalik Bert van Marveyk Saudiya Arabistoni terma jamoasini JCH-2018ga olib chiqdi. Biroq o'tgan yil sentyabr oyida istefoga chiqarib yuborildi. Undan keyin jamoani Edgardo Bauza ikki oy boshqardi. So'ngra rahbariyat CHili sobiq bosh murabbiyi Xuan Antonio Picci nomzodini tanladi.

Picci boshchiligida jamoa 2018 yil 9ta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazib 3tasida g'alaba qozondi.

Qayd etish lozimki, Jahon chempionati tarixida hech qachon mezbon birinchi o'yinda yutqazmagan. Agar Rossiya mag'lub bo'lsa guruhdan chiqish deyarli imkonsiz bo'lib qoladi.

Taxminiy tarkiblar:

Rossiya:
Igor Akinfeev; Mario Fernandes, Fedor Kudryashov, Sergey Ignashevich, Yuriy Jirkov; Roman Zobnin, Daler Kuzyaev, Alan Dzagoev, Aleksandr Samedov, Aleksandr Golovin; Fedor Smolov

Saudiya Arabistoni: Abdulloh Al-Mayuf; Osama Xavsavi, Omar Xavsavi, Yosir Al-SHahroni, Muhammad Al-Burayk; Abdulloh Otayf, Salmon Al-Faraj, Yahyo Al-SHehri, Taysir Al-Jassim, Salim Al-Davsari; Fahad Al-Muvallad


Qiziqarli faktlar:

- Ushbu jamoalar bugunga qadar faqat bir bor to'qnash kelishgan. 1993 yilda Saudiya Arabistoni o'z maydonida 4:2 hisobida g'alaba qozongan.

- Sobiq Ittifoq tarqalib ketgach Rossiya uchta mundialda (1994, 2002, 2014) qatnashgan va hech qachon guruhdan chiqa olmagan. Uchala safar ham ruslar guruhda uchinchi bo'lishgan.

- Saudiya Arabistoni Jahon chempionatlarda oxirgi 10ta o'yinning 8tasida yutqazgan. So'nggi bor jamoa 1994 yil Belgiyani mag'lub etgandi (1:0).

- Sergey Ignashevich Rossiya safida mundialda maydonga tushgan eng yoshi katta futbolchiga aylanishi mumkin (38 yosh, 335 kun), Hozirgi rekord Lev Yashinga tegishli (36 yosh va 279 kun).


Murabbiylar fikri:

Stanislav CHerchesov (Rossiya):


"Bu tarixdagi eng yaxshi Jahon chempionati bo'lishiga 100 foiz ishonaman. Rossiya terma jamoasi unda yaxshi ishtirok etishi kerak. Hozir barcha sovrin uchun kurashishni istaydi. 100 foiz aniq bilaman Rossiya ham, Misr ham, Nigeriya ham, Germaniya ham, Braziliya ham — guruhda birinchi bo'lishni istaydi".

Xuan Antonio Picci (Saudiya Arabistoni):

"Biz eng yaxshi o'yinimizni namoyish etmoqchimiz, raqibning kuchsiz tomonlarini bilamiz. Rossiya qanday o'ynashidan juda yaxshi xabardormiz. Maqsadimiz ulkan. Bugungi kundagi maqsadimiz – Rossiyani mag'lub etish. Qolgan maqsadlarni ushbu bahsdan keyin qo'yamiz".




Manba: chempionat.asiaскачать dle 12.1
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Оставить комментарий
  • Bugun
  • Ko'p o'qilgan
  • Muhokama
Chempionatlar
  • APL
  • LaLiga
  • B.liga
  • Seria A
  • Liga 1