Авторизация
Eslab qoling: futboltv.asia
 
  • 02:00 – «Roma» shvetsiyalik darvozabonni tanladi 
  • 00:20 – "Bavariya" yangi bosh murabbiyi: "Boateng qoladi" 
  • 00:00 – Rasman! «Stok Siti» Makkleyn bilan shartnoma imzoladi 
  • 00:00 – Karikatura. Valverde Villiani «Barselona»ga olib kelmoqchi 

Bizda tanaffus. Haqiqiy futbol bugun boshlanadi

Jahon CHempionati vaqtida Pepsi Superligada tanaffus yuzaga kelayotganini tanqid qilgan odamlar bo'ldi. Futbolchilarimiz issiq iyulda emas, shu iyunda o'ynab olishlari kerak edi, degan fikrlar ilgari surildi.

Bizda tanaffus. Haqiqiy futbol bugun boshlanadi

Ha, mundial biz uchun ketma-ket olti bor armonga aylandi. Ammo bu Jahon CHempionatiga bo'lgan qiziqishlarimizni kamaytirib qo'ymaydi. O'sha 32 baxtli terma jamoa muxlislari bor etiborlarini Rossiya yashil maydonlariga qaratganlari kabi, muxlis sifatida biz ham 4 yilda aqalli bir oy haqiqiy futbol havosi bilan yashashga haqlimiz. Superligadagi tanaffus shuning uchun ham yuzaga keldi.

Jahon CHempionatidagi saviyani hamma yaxshi biladi. U orzu, u talablari yuqori bo'lgan musobaqa, u hammamiz uchun katta maktab. Muxlislar futboldan zavq olishi, sharhlovchilar, jurnalistlar o'zi uchun nimadir o'rganishi, mutaxassislarimiz ko'rishi, izlanishi, futbolchilar esa havas qilishi uchun ham Jahon CHempionati kerak. Mana shunday daqiqalar bor paytda, biz ichki chempionatimizni davom ettirishimiz to'g'ri emasdi.

O'zbekistonlik futbolchilar issiq havoda birinchi bor o'ynayotgani yo'q. Iyuldagi o'yinlarni biroz kechroq boshlab, bemalol avgustga etib olsa bo'ladi. Men har narsadan kir qidirmasdan, bugun start olayotgan mundialni miriqib ko'rishni istardim. U nafaqat muxlislar uchun, balki biz ko'p narsa umid qilayotgan yosh futbolchilarimiz uchun ham juda as qotadi. Axir ular ham nimagadir intilishlari kerak. SHunday ekan, bizda katta tanaffus. Navbat esa futbol gultojisiga.


Manba: chempionat.asiaскачать dle 12.1
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Оставить комментарий
  • Bugun
  • Ko'p o'qilgan
  • Muhokama
Chempionatlar
  • APL
  • LaLiga
  • B.liga
  • Seria A
  • Liga 1