Авторизация
Eslab qoling: futboltv.asia
 
  • 01:10 – Diego Godin: Atletikoning maqsadi – ECHLda g'olib bo'lish 
  • 00:40 – Monako vice-prezidenti Mbappening hozirgi narxini aytdi 
  • 00:10 – Serxio Ramos: "Ronalduning ketishi? "Real" istalgan futbolchidan ustun turadi" 
  • 00:00 – «Real» Milinkovich-Savich uchun so'ngi taklifni yuboradi 

Andrey Fyodorov: "Asosiysi mag'lub bo'lmadik"

O'zbekiston Superligasi 12-turi doirasida "Lokomotiv" - "Qizilqum" (2:2) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar ustozi Andrey Fyodorov hamda jamoaning uchrashuvdagi eng yaxshi futbolchisi Ikrom Aliboev qatnashdi.

Andrey Fyodorov: "Asosiysi mag'lub bo'lmadik"

- Asosiysi bugungi uchrashuvda mag'lubiyatga uchramadik. Biz bundanda yaxshiroq o'ynashimiz kerak, bunga majburmiz. Ammo bunday raqiblar bilan bahslardagi durang - bizni qoniqtirmaydigan natija. Birinchi bo'lib gol o'tkazib yuborayotgan o'yinlar bizda ko'p kuzatilmoqda. Unda raqiblar himoyada ko'p sonli futbolchilar bilan o'ynashmoqda. Ammo ayrim uchrashuvlarda biz natijani qo'lga kirita olyapmiz.

Bugun "Qizilqum" himoyasida futbolchilar anchagina ko'p bo'ldi. Ular o'z jarima maydonlari yaqinida tartibli o'yin ko'rsatishlari natijasida shogirdlarim ko'plab zarbalar bera olishmadi. Agarda raqiblar ochiqroq o'yin namoyish qilishsa, zarbalarimiz ham ko'proq bo'lardi.

To'xtaxo'jaevning kichik jarohati bor edi. SHu boisdan uni ertaroq almashtirdik.

Albatta, har doim yangi futbolchilarni o'z safimizga qo'shib olishga harakat qilamiz. Ular bizning darajamizdan ham kuchliroq bo'lishi kerak.

Ayni damda barcha legionerlarimiz kuchli. Nivaldo ancha o'yinlarni o'tkazib yubordi va shu sababli uning o'yinlari o'xshamayapti. CHo Suk Jaeni o'z uyiga ketkazib yubordik. U ham yaxshi saviyali futbolchi, biroq u begona davlat futbolini, begona tilni o'rgana olmadi. U o'z mamlakatini, yaqinlarini sog'indi va shu boisdan u rahbariyatga kelib, ketishini va o'zining o'rniga boshqa futbolchi olib kelishni aytdi.

Ikrom Aliboev: "Bugungi uchrashuv qiyin bo'ldi. "Qizilqum" biz kutgandan ham yaxshiroq o'yin namoyish qildi. Biz o'z o'yinimizni ko'rsata olmayotgan bir vaqtda ular qarshi hujumda bizni jazolashdi. Bugun mag'lubiyatga teng durangni qayd etdik.


Manba: chempionat.asiaскачать dle 12.1
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Оставить комментарий
  • Bugun
  • Ko'p o'qilgan
  • Muhokama
Chempionatlar
  • APL
  • LaLiga
  • B.liga
  • Seria A
  • Liga 1