Авторизация
Eslab qoling: futboltv.asia
 
  • 18:40 – Superliga. “Qo'qon-1912” – “Qizilqum”. Tarkiblar malum 
  • 18:40 – Superliga. "Navbahor" - AGMK. Tarkiblar malum 
  • 18:30 – Superliga. “Metallurg” – “Lokomotiv”. Tarkiblar malum 
  • 18:20 – Samarqand Futbol Associaciyasi Akademiya uchun murabbiylarni qabul qiladi 

Metallurglar bayrami muborak bo'lsin, aziz yurtdoshlar!

Bugun mamlakatimizda metallurglar kuni keng nishonlanmoqda.

Metallurglar bayrami muborak bo'lsin, aziz yurtdoshlar!

SHu munosabat bilan barcha yurtdoshlarimizni “Metallurg” PFK rahbariyati, murabbiylar shtabi, futbolchilari hamda klub xodimlari nomidan samimiy tabriklaymiz! Sanoatning eng ilg'or qismi - metallurgiyaga aloqador barcha insonlarga kasb bayrami muborak bo'lsin!

Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarni sanoat hamda uning taraqqiyotisiz tasavvur etib bo'lmaydi. Iqtisodiyotning ushbu etakcha tarmog'i shabhasiz mustaqil Vatanimiz istiqbolini belgilashda muhim omil sanaladi. Zamonaviy ishlab chiqarish quvvati va malakali muhandis hamda ishchi-mutaxassislarga ega, ayni damda texnik jihatdan yangilanib, modernizaciyalash va lokalizaciyalash yo'lida samarali natijalarga erishib kelayotgan “O'zbekiston metallurgiya kombinati” akciyadorlik jamiyati yurtimiz ravnaqi va salohiyatida o'ziga xos o'ringa ega yirik sanoat korxonalaridan biri sanaladi. Minglab mehnatkashlarni o'zida birlashtirgan kombinat jamoasi ishlab chiqarish reja-topshiriqlarini bajarish, uning ertangi yorqin kelajagi uchun kamarbasta bo'lib kelayotgan metallurglari, ishchi-xodimlari, turli yo'nalish, sohasi vakillari mehnati har qanday ehtiromga sazovor.

Muhtaram metallurglar, sizlarni yana bir bor kasb bayramlaringiz bilan tabriklaymiz. Barchangizning xonadoningizga tinchlik, xotirjamlik, qut-baraka va osoyishtalik tilaymiz! Bayram muborak bo'lsin!

 
Metallurglar kuni “Metallurg” stadionida nishonlanadi

Bugun Bekobod shahri ko'rki – “Metallurg” markaziy stadioni bayram taraddudida. SHahar aholisining ko'pchilik qismi kasb bayramlarini aynan shu dargohda nishonlashadi. Soat 18:00 dan etiboran bayram tantanalari mazkur kasb egalarini, ularning oila azolari hamda Bekobod ahlini stadionga chorlaydi. Bayram dasturida mamlakatimizning taniqli sanatkorlari, estradamiz yulduzlari, so'z ustalari ishtirok etishi kutilyapti.

Bayram tadorigini bir hafta muqaddam boshlagan “Metallurg” stadioni bugun o'zgacha chiroy kasb etgan. Qisqa fursat ichida stadion hududi obodonlashtirildi. “Metallurg” PFK mamuriyati, stadion ishchi xodimlari tomonidan stadion hududiga ko'zni quvnatuvchi anvoyi gullar ekildi. Bayram dasturini tarannum etuvchi bannerlar o'rnatildi. Barcha tribunalarda o'rindiqlar tartibga keltirildi. SHarqiy tribuna butunlay yangilandi. VIP hamda OAV xodimlari uchun maxsus lojalar safiga SIP lojasi qo'shildi. Endilikda stadion eng nufuzli, yirik tadbirlarni ham qabul qiladigan darajada chiroy kasb etdi.

SHarqiy tribunada sanatkorlarning chiqishlari uchun maxsus sahna yaratildi. Xullas, bugun “Metallurg” stadioniga tashrif buyursangiz bajarilgan ishlar va obodonlashtirish jarayoniga o'zingaz guvoh bo'lasiz. Miriqib dam olasiz, xonadoningizga ko'nglingiz yayrab qaytasiz. Eslatib o'tamiz, bayram dasturimiz soat 18:00 dan boshlanadi. Barcha yurtdoshlarimizni, mehmonlarimizni va albatta “O'zbekiston metallurgiya kombinati” AJ fidoyi ishchi-xizmatchilarini “Metallurg” stadionida kutib qolamiz.



Manba: chempionat.asiaскачать dle 12.1
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Оставить комментарий
  • Bugun
  • Ko'p o'qilgan
  • Muhokama
Chempionatlar
  • APL
  • LaLiga
  • B.liga
  • Seria A
  • Liga 1