Авторизация
Eslab qoling: futboltv.asia
 
  • 12:50 – Klopp bir vaqtlar "Borussiya"da Ronalduni qanday to'xatatib qolgani haqida aytib berdi 
  • 12:20 – Radamel Falkaoga 16 oylik qamoq jazosi tayinlandi 
  • 12:10 – Zidandan super pas, Modrichdan dahshatli gol (VIDEO) 
  • 12:00 – "Barselona"yozda besh o'yinchisini sotishni rajalashtirmoqda 

Ertaga "Neftchi" uchta o'yin o'tkazadi

Ertaga "Neftchi" PFK jamoalari ishtirokidagi 3 ta o'yin bor. Katta futbol kunida "Neftchi" U-18, futzal va ayollar jamoalari uy uchrashuvlarini o'tkazishadi.

Ertaga "Neftchi" uchta o'yin o'tkazadi

Quyida ertagalik bahslar haqida malumot beramiz

"NEFTCHI" U-18'NING ILK O'YINI

18 yoshgacha bo'lgan jamoalar o'rtasidagi O'zbekiston chempionati bahslari start olmoqda. SHerzod Zokirov bosh murabbiyligidagi "Neftchi" U-18 jamoasi chempionatning birinchi turida Qarshining "Nasaf" jamoasi bilan raqobat olib boradi. Mazkur bellashuvga Qirgulidagi "Neftchi" SK stadioni mezbonlik qiladi. O'yin soat 10:00da start oladi.  

AYOLLAR FUTBOLI

Baxodir Qosimov shogirdlari g'olibona ruhda galdagi turga yaqinlashishmoqda. 19 may kuni tushdan so'ng ayollar jamoamiz ham kurashga kirashadilar. Soat 15:00ga "Neftchi" - "Buxoro" o'yini belgilangan. Ushbu uchrashuv ham Qirgulidagi stadionda o'tkaziladi.

FUTZALCHILARIMIZ UCHUN MUHIM O'YIN

Musobaqa jadvali etakchilari bilan ketma-ket to'qnash kelayotgan futzalchilarimiz bu gal "Paxtakor"ni Farg'onada qabul qilishadi. AGMK maydonidan bitta g'alaba va bitta mag'lubiyat bilan qaytgan Farrux Zokirov shogirdlarini jiddiy bellashuv kutmoqda. Agar farg'onaliklar "Paxtakor" futzalchilaridan ochko olishsa, turnir jadvalida yuqorilash uchun yanada yaxshi imkoniyatga ega bo'lishadi. "Neftchi" - "Paxtakor" o'yini "Neftchi" futbol maktabining zalida soat 18:00da boshlanadi.

Jamoalarimizga bo'lajak bahslarda omad tilash bilan birgalikda, millionlar o'yini muxlislarni ushbu uchrashuvlarga chorlab qolamiz!!!

"Neftchi" matbuot xizmati


Manba: chempionat.asiaскачать dle 12.1
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Оставить комментарий
  • Bugun
  • Ko'p o'qilgan
  • Muhokama
Chempionatlar
  • APL
  • LaLiga
  • B.liga
  • Seria A
  • Liga 1