Авторизация
Eslab qoling: futboltv.asia
 
  • 10:20 – Maqsadbek Ibragimov: "Yutqazishga haqqimiz yo'q edi" 
  • 10:00 – Fernando Torres Inesta ortidan Yaponiyaga yo'l olishi mumkin 
  • 10:00 – Sarri «Chelsi»ga «Napoli»dan besh nafar shogirdini taklif qilmoqchi 
  • 10:00 – "SHo'rtan" bosh murabbiyi: “Superligaga chiqishga harakat qilayapmiz, ammo bu oson emas" 

CHelyabinsk viloyati Jismoniy tarbiya va sport vaziri "Paxtakor" stadionida bo'ldi

16 may kuni O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri SHoakrom Isroilov Rossiyadan tashrif buyurgan CHelyabinsk viloyati Jismoniy tarbiya va sport vaziri Leonid Oderni qabul qildi.

CHelyabinsk viloyati Jismoniy tarbiya va sport vaziri "Paxtakor" stadionida bo'ldi

SHu kunlarda gubernator Boris Dubrovskiy boshchiligidagi CHelyabinsk viloyati delegaciyasi rasmiy tashrif bilan Toshkentda bo'lib turibdi. Delegaciya tarkibida poytaxtimizga Leonid Oder ham keldi. Ular tashrif davomida "Paxtakor" stadionini ko'zdan kechirishdi.

SHoakrom Isroilov mehmonni qizg'in qutlar ekan, mamlakatimizda turli sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida, xususan davlatimiz rahbariyati tomonidan jismoniy tarbiya va sportga berilayotgan etibor va g'amxo'rlik haqida so'zlab berdi. Mamlakatlarimiz mutaxassislari va sportchilarining o'quv-mashq yig'inlari va musobaqalarni o'tkazish borasida hamkorlik qilishlari har ikki tomon uchun manfaatli bo'lishini takidladi.

O'z navbatida, CHelyabinsk viloyati Jismoniy tarbiya va sport vaziri mehmondo'stlik uchun tashakkur izhor qildi hamda xalqimizni kirib kelgan muborak ramazon oyi bilan qutladi, o'zbek xalqiga barcha jabhalarda muvaffaqiyatlar yor bo'lishini tiladi.

Muloqot chog'ida mamlakatlarimiz o'rtasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish borasida hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.


Manba: chempionat.asiaскачать dle 12.1
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Оставить комментарий
  • Bugun
  • Ko'p o'qilgan
  • Muhokama
Chempionatlar
  • APL
  • LaLiga
  • B.liga
  • Seria A
  • Liga 1