Авторизация
Eslab qoling: futboltv.asia
 
  • 16:20 – O'zbekiston terma jamoasi noyabrda qita chempioni bilan o'ynashi mumkin 
  • 16:20 – De Bryuyne operaciya qilinmaydi, lekin baribir 3 oy maydonga tushmaydi 
  • 15:50 – Kecha stadionga kirolmagan "Zenit" muxlislari antiqa uslubda jamoani qo'llab-quvvatlashdi 
  • 15:50 – "Real" 300 million evrolik transfer tayyorlamoqda 

Umid Ahmadjonov Qatar va Gollandiyada muzokaralar olib borish uchun jo'nab ketdi

O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti va O'zbekiston futbol associaciyasi birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonov Qatar qirollik oilasining vakili, Qatar futbol associaciyasi prezidenti SHayx Hamad bin Xalifa Ahmad al-Taniy taklifiga ko'ra Doxaga jo'nab ketdi.

Umid Ahmadjonov Qatar va Gollandiyada muzokaralar olib borish uchun jo'nab ketdi

U erda Umid Ahmadjonov dunyodagi eng yaxshi futbol akademiyalaridan biri sanalgan “Aspire”ga tashrif buyuradi. Xabaringiz bor, Umid Ahmadjonov o'tgan yilning 16 oktyabr kuni “Aspire” akademiyasiga tashrif buyurgan edi. Bu safar tashrifdan ko'zlangan asosiy maqsad, yurtimizda barpo qilinayotgan bolalar va o'smirlar futbol akademiyalariga Qatardan mutaxassislarni jalb qilishdan iborat.

SHuningdek, rejaga ko'ra O'FA 1-vice-prezidenti JCH—2022 tashkiliy qo'mitasi rahbariyati bilan ham ko'rishib, JCHga tayyorgarlik bo'yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar bilan yaqindan tanishadi.

Qatardagi safar yakuniga etgach, Umid Ahmadjonov Gollandiyaning Amsterdam shahriga yo'l olishi rejalashtirilgan. U erda dunyodagi eng kuchli akademiyalardan yana biri bo'lgan "Ayaks" futbol klubi akademiyasini ko'zdan kechirib, u erda olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, "Ayaks" futbol klubi rahbariyati bilan uchrashuv tashkil qiliniib, o'zaro hamkorlik qilish, gollandiyalik mutaxassislarni yurtimizga jalb qilish masalalari bo'yicha muzokaralar o'tkaziladi.

SHuningdek, Amsterdamda Gollandiya Qirolligi futbol uyushmasi prezidenti bilan ham uchrashuv bo'lib o'tadi. Uchrashuvda o'zbekistonlik yosh futbolchilarni Gollandiyaning kuchli klublariga jalb qilish, shu orqali futbolchilarimizning Evropaga chiqishiga yo'l ochish, Milliy terma jamoalarimizga Evropa futbolida chiniqqan kuchli nomzodlarni tayyorlash masalalari muhokama qilinadi.


Manba: chempionat.asiaскачать dle 12.1
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Оставить комментарий
  • Bugun
  • Ko'p o'qilgan
  • Muhokama
Chempionatlar
  • APL
  • LaLiga
  • B.liga
  • Seria A
  • Liga 1