Авторизация
Eslab qoling: futboltv.asia
 
  • 22:00 – Pol Skoulz: "Manchester Yunayted"ga etakchilar kerak" 
  • 20:50 – Rasman: "Lester" yarim himoyachisi bilan shartnomani uzaytirdi 
  • 20:20 – PRO-liga. "A" guruhi. 22-tur. "Surxon" - "Andijon" 0:3 va boshqa natijalar 
  • 20:20 – "Alaves" bilan o'yinda "Barselona"da klub tarixidagi eng qimmat zaxira o'rindig'i qayd etildi 

Umid Ahmadjonov Qatar futbol associaciyasi prezidenti SHayx Hamad bin Xalifa Ahmad al-Taniy taklifiga ko'ra Dohaga jo'nab ketdi

O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi Prezidenti, O'zbekiston futbol associaciyasining birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonov JCH-2022 tashkiliy qo'mitasining yig'ilishida qatnashish uchun Qatar poytaxti Doha shahriga jo'nab ketdi.

Umid Ahmadjonov Qatar futbol associaciyasi prezidenti SHayx Hamad bin Xalifa Ahmad al-Taniy taklifiga ko'ra Dohaga jo'nab ketdi

Qatar futbol associaciyasi prezidenti SHayx Hamad bin Xalifa Ahmad al-Taniy taklifiga ko'ra Doxaga yo'l olgan Umid Ahmadjonov dunyodagi eng yaxshi futbol akademiyalaridan biri sanalgan “Aspire”ga tashrif buyuradi. Xabaringiz bor, Umid Ahmadjonov o'tgan yilning 16 oktyabr kuni “Aspire” akademiyasini borib ko'rgandi. Bu safar tashrifdan ko'zlangan asosiy maqsad, yurtimizda barpo qilinayotgan bolalar va o'smirlar futbol akademiyalariga Qatardan mutaxassislarni jalb qilishdan iborat.

SHuningdek, Umid Ahmadjonov JCH—2022 tashkiliy qo'mitasi rahbariyati bilan ham ko'rishib, JCHga tayyorgarlik bo'yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar bilan yaqindan tanishadi.

“Biz hozirdanoq 2022 yilgi jahon chempionati uchun poydevor qo'yib borishimiz kerak. Asosiy maqsad Qatardagi jahon chempionatiga yo'llanma olish ekan, bu yo'lda tinmay mehnat qilishimiz va eng asosiysi xalqaro aloqalarni mustahkamlab borishimiz lozim. SHu boisdan Qatarga amalga oshirayotgan tashrifimiz har tomonlama unumli va samarali bo'lishidan umidvorman”- dedi Umid Ahmadjonov MOQ matbuot xizmatiga.

Dohaga tashrifi davomida Umid Ahmadjonov shuningdek, 19 may kuni «Al Duhayl» hamda «Al Rayyan» jamoalari o'rtasida bo'lib o'tadigan Qatar amiri kubogining final uchrashuvini stadionning martabali mehmonlar lojasidan tomosha qiladi.


Manba: chempionat.asiaскачать dle 12.1
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Оставить комментарий
  • Bugun
  • Ko'p o'qilgan
  • Muhokama
Chempionatlar
  • APL
  • LaLiga
  • B.liga
  • Seria A
  • Liga 1