Авторизация
Eslab qoling: futboltv.asia
 
  • 13:00 – Rasman: Inesta yangi klubi bilan shartnoma tuzdi 
  • 12:50 – Klopp bir vaqtlar "Borussiya"da Ronalduni qanday to'xatatib qolgani haqida aytib berdi 
  • 12:20 – Superliga. Eng tomoshabop va eng zerikarli klublar 
  • 12:20 – Radamel Falkaoga 16 oylik qamoq jazosi tayinlandi 

Van Persi faoliyatidagi to'p surish eng qiyin bo'lgan jamoani aytdi

“Arsenal” va “Manchester Yunayted” jamoalarining sobiq hujumchisi Robin van Persi Angliya premer ligasida to'p tepgan davrlarini esga oldi.

Van Persi faoliyatidagi to'p surish eng qiyin bo'lgan jamoani aytdi

“Yuqori darajadagi futbol “qurbon”larsiz bo'lmaydi. Angliya o'tkazgan yillarim o'zim haqimda xulosa chiqarishimga imkon beradi. APLda futbol saviyasi  doim yuqori darajada. Men CHempionlar ligasidagi o'yinlarimni xuddi mashg'ulotdagidek qabul qilganman.

APLda esa senga 2-3 metr masofada to'pni qabul qilish uchun imkon bo'lsa, bu sening omading chopganidan darak. “Bolton”, “Suonsi” va “SHeffild Yunayted” singari jamoalarga qarshi bahslarda bunday imkoniyatlar bo'lmasdi.Yoki stadionida doim shamol esib turadigan “Stok Siti”ni olaylik. Bu jamoa maydonida doim so'nggi “jang”ga chiqqandek maydonga tushardim. “Stok”ka qarshi bahs – dunyodagi eng qiyin o'yin. Bu kabi o'yinlarda o'z imkoniyatlaringdan ikki karra yaxshiroq harakat qilish lozim bo'lardi”, deya aytib o'tdi van Persi.


Manba: chempionat.asiaскачать dle 12.1
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Оставить комментарий
  • Bugun
  • Ko'p o'qilgan
  • Muhokama
Chempionatlar
  • APL
  • LaLiga
  • B.liga
  • Seria A
  • Liga 1