Авторизация
Eslab qoling: futboltv.asia
 
  • 10:30 – SHerzod Sattorov: "Superligada o'ynashni kim ham xohlamaydi deysiz?" 
  • 10:10 – Aleksandr Xomyakov: "Biz g'alaba qozonishda davom etamiz" 
  • 10:00 – Fernando Torres Inesta ortidan Yaponiyaga yo'l olishi mumkin 
  • 10:00 – Sarri «Chelsi»ga «Napoli»dan besh nafar shogirdini taklif qilmoqchi 

"Bu men ko'rgan eng zerikarli "Yunayted" – jamoaga Beyl kerak"

Xarri Rednappning fikricha "Manchester Yunayted" Garet Beylni sotib olishi kerak.

"Bu men ko'rgan eng zerikarli "Yunayted" – jamoaga Beyl kerak"

Transfer oynasi yaqinlashgani sari yana o'sha mavzu: "Beyl Manchesterga ko'chib o'tishi, Joze futbolchini o'z jamoasida ko'rish niyatida ekanligi" haqidagi gaplar urchiy boshladi.

Kuni-kecha "Bu men ko'rgan eng zerikarli "Yunayted", unga Beyl kerak", – dedi Premer-Liganing eng mashhur murabbiylaridan biri Xarri Rednapp. 

Eslatib o'tamiz, Garet Beyl o'z vaqtida "Tottenxem"da aynan Rednapp qo'l ostida to'p tepgan.

"Biz u tarkibimizga kelib qo'shilishini istaymiz, ammo barchasi "Madrid"ga bog'liq, – degandi Mourino o'tgan yoz Xalqaro CHempionlar Kubogi doirasida "Real Madrid" bilan o'yindan avval.

Xarid qilinganidan besh mavsum o'tib, "Qirollik klubi" Garet Beylni sotish haqida jiddiy o'ylay boshladi. Bu transfer ko'p jihatdan, jamoaga Neymarni olib kelish uchun ham zarur. Hech kimga sir emas, braziliyalikni Ispaniya poytaxtiga olib kelish oson bo'lmaydi va bu uchun "qaymoqranglilar" "yaxshigina pul sarflashlari"ga to'g'ri keladi.

Oxirgi vaqtlarda Garet yaxshi o'yin ko'rsatmoqda va sport formasini tiklab olgan (futbolchi asosiy tarkibda tushgan so'nggi uch o'yinda, 4 ta gol urdi – "Leganes", "Barselona" va "Selta"). SHunga qaramay, Garet mashhur portal Transfermarkt talqiniga ko'ra, bor yo'g'i 70 million evroga baholanmoqda. 2013 yili "Real Madrid" futbolchi uchun Londonning "Tottenxem" klubiga 101 million to'lab bergandi. Va kelishuv katta shov-shuvlarga sabab bo'lgan, hamda futbol tarixiga kirgandi.

Hozirgi kunda Garetning narxi, o'tgan yoz jamoa uni "Manchester Yunayted"ga sotish orqali ishlab olishi mumkin bo'lgan summadan ancha kam.

Oxirgi o'yinlardagi samarali o'yiniga qaramay, Garet Beyl "Real"ning asosiy tarkib futbolchisi emas. Jamoada ikki yosh futbolchi bor va ularning narxi uelsliknikidan balandroq. Gap Isko va Marko Asensio haqida ketayotganini sezib ulgurgan bo'lsangiz ajab emas.


Eslatib o'tamiz, o'z vaqtida "Real Madrid" Isko uchun "Malaga"ga 35 million evro, Asensio uchun "Mayorka"ga 5 million evro to'lab bergan.

Bugungi kunda Transfermarkt malumotlariga ko'ra, 25 futbolchi Garet Beyldan qimmatroq.


Nozima Zaripova tarjima qildi


Manba: chempionat.asiaскачать dle 12.1
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Оставить комментарий
  • Bugun
  • Ko'p o'qilgan
  • Muhokama
Chempionatlar
  • APL
  • LaLiga
  • B.liga
  • Seria A
  • Liga 1