Авторизация
Eslab qoling: futboltv.asia
 
  • 18:20 – Samarqand Futbol Associaciyasi Akademiya uchun murabbiylarni qabul qiladi 
  • 18:20 – Yurgen Klopp: "CHL finalida taktikani tushunmaydigan murabbiylar to'qnash kelishadi" 
  • 18:20 – Sport TV Qo'qondagi o'yinni jonli ko'rsatadi, sababi... 
  • 18:10 – “Iftixor” - “Paxtakor” o'yini 28 may kuni Toshkentda bo'lib o'tadi 

“Yashnobod”dan gollar shousi

Futbol bo'yicha Toshkent shahar chempionati ikkinchi liga uchrashuvlari tobora qizg'in tusga kirmoqda. Kuni kecha beshinchi tur bahslari bo'lib o'tdi.

“Yashnobod”dan gollar shousi

Unda musobaqaning “V” guruhida qatnashayotgan “Yashnobod” jamoasi “Start” vakillarini qabul qildi.

Uchrashuv gollarga boy o'tganligi bilan ko'pchilikning etiborini tortdi. O'yinning 3-daqiqasida mezbonlardan Mirjamol Mirzaev hisobni ochdi. Ammo yashnobodliklarning quvonchi uzoqqa cho'zilmadi. Oradan o'n daqiqa o'tar-o'tmasdan Aleksandr Sidorov penaltidan hisobni tenglashtirdi. 19-daqiqada uning o'zi mezbonlar darvozasini ikkinchi bor ishg'ol etib, “Start”ni hisobda oldinga olib chiqdi.

SHundan so'ng, “Yashnobod” futbolchilari “uyg'onishdi”. Tanaffusga qadar yana besh bor raqiblarni uchrashuvni maydon markazidan boshlashga majbur qilishdi — 6:2. Ikkinchi bo'lim ham to'liq yashnobodliklar ustunligida o'tib, “Start” jamoasi darvozabonini yana besh bor ranjitishdi. Yakuniy hisob — 11:2.

HAKAMLAR HUJJATIDAN KO'CHIRMA:
Ikkinchi liga, “V” guruhi
5-tur, 2018 yil 15 may (seshanba)
“YASHNOBOD” — “START” — 11:2 (6:2)
Hakamlar: 
Igor Garmashov, SHohrux Erkinov, Behzod Xudoybergenov.
Nazoratchi: Sardor Najafaliev.
“YASHNOBOD”: Bobur Haydarov, Rasul Rahmonberdiev, Yusuf Aliev, SHokir Beknazarov, Tohir Isroilov, Aziz To'xtamatov, Bahodir Daminov, Abbos Saidkarimov, Mirjamol Mirzaev, Timur Vasilev (s), Azamat Boymatov.
Zaxiradagilar: Dilmurod Axmatov, Soyib Safarov, Edem Azimov, SHerzod Xo'jayorov, Rasul SHuhratov, Hayitmurod Akmalov, Qobil Sohibov.
“START”: Timur Zagudilin, Davronbek Akmalov, Avaz Abdullaev, SHavkat Tohirov, Sardor Sodiqov (s), Ahror Umarjonov, Islom Azimov, SHohrux Turopov, Asad Abduqahhorov, Bahrom Yo'lchiev, Zafar Normo'minov.
Zaxiradagilar: SHerzod Rajabov, Aleksandr Sidorov, Nurmuhammad Toshpo'latov, Samandar Hikmatullaev, SHuhrat Sodiqjonov, Kamron Jaloliddinov, Olim Akbaraliev.
Gollar: Mirjamol Mirzaev (3, 39), Bahodir Daminov (25, 43), Aziz To'xtamatov (30), Toxir Isroilov (59), Timur Vasilev (41, 49), Rasul SHuhratov (67, 75), Qobil Sohibov (81) — Aleksandr Sidorov (13, 19).
CHetlatish: Davron Akmalov (65).

SHunday qilib, mavsumdagi o'zining to'rtinchi g'alabasini nishonlagan “Yashnobod” jamoasi hisobidagi ochkolar soni 13 taga etdi.

Yashnobodliklar navbatdagi turda 22 may kuni safarda “Lokomotiv-2” jamoasi mehmoni bo'ladi.


Manba: chempionat.asiaскачать dle 12.1
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Оставить комментарий
  • Bugun
  • Ko'p o'qilgan
  • Muhokama
Chempionatlar
  • APL
  • LaLiga
  • B.liga
  • Seria A
  • Liga 1