Авторизация
Eslab qoling: futboltv.asia
 
  • 12:40 – Bekxem ochadigan klubning logotipi taqdim etildi 
  • 12:20 – Osiyo o'yinlarini o'zbek kanallari namoyish etadimi? 
  • 12:20 – "Osiyo" FK - "Mustaqillik kubogi-2018" g'olibi 
  • 12:20 – Kasemiro: "Real"ga Ronaldu etishmayapti" 

SHerali Babakulov: “Bayramga bayramona kayfiyat ulashdik deb o'ylayman"

Futbol bo'yicha ayollar o'rtasida O'zbekiston chempionatining 7-tur bahslari doirasida “So'g'diyona-W” o'z maydonida “Lokomotiv-W” jamoasini qabul qildi va 3:1 hisobida g'alaba qozondi.

SHerali Babakulov: “Bayramga bayramona kayfiyat ulashdik deb o'ylayman"

O'yindan so'ng “So'g'diyona-W” bosh murabbiyi SHerali Babakulov va jamoa sardori Maxfuza Turopova o'yin borasida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Bugungi g'alaba bilan butun Jizzax xalqini tabriklaymiz. Kuni kecha asosiy tarkib jamoamiz mag'lubiyatga uchragani bois ko'pchilikda ruhiy tushkunlik hukmronlik qilayotgandi. Jamoamiz bilan kelishib, shu jihatlarni ham  hisobga oldik va bugun imkon qadar g'alaba qozonishga harakat qildik. Bugun Jizzax viloyatida bayram. “Umid nihollari” sport musobaqasining taqdirlash marosimi bo'lib o'tmoqda. Bayramga bayramona kayfiyat ulashdik deb o'ylayman. Maqsadimiz va rejalarimiz amalga oshdi. “Lokomotiv-W” katta  tajribaga ega  jamoa. O'yinni taktik jihatdan to'g'ri tashkil qilganimiz o'z mevasini berdi. 24 may kuni o'z maydonimizda o'tgan mavsum chempioni “Metallurg-W” ni qabul qilamiz. Ushbu o'yindan oldin ruhiy tomondan bugungi  g'alaba biz uchun har tomonlama kerak edi.  Qizlar yuklatilgan vazifani bajardi. Natijadan qoniqdim ammo o'yinda xatolarimiz ko'p. Kamchiliklarni kamaytirish borasida mashg'ulotlarda mehnat qilishda davom etamiz. Bugundan “Metallurg-W”ga qarshi tayyorgarlikni boshlaymiz, - deydi jamoa bosh murabbiyi.



- Og'ir o'yin o'tkazdik deb o'ylamayman. Qo'limizdan kelguncha g'alaba qozonishga harakat qildik. Gollarmizni jamoamiz muxlislariga bag'ishlaymiz. Keyingi o'yinlarmiz grand jamoalarga qarshi maydonga tushamiz. Kundan kunga mashg'ulotlarni kuchaytirib borayapmiz. Grandlarga qarshi o'yinlarda ham yaxshi natijalarni qo'lga kiritishga harakat qilamiz, - deydi jamoa sardori.



Manba: chempionat.asiaскачать dle 12.1
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Оставить комментарий
  • Bugun
  • Ko'p o'qilgan
  • Muhokama
Chempionatlar
  • APL
  • LaLiga
  • B.liga
  • Seria A
  • Liga 1