Авторизация
Eslab qoling: futboltv.asia
 
  • 12:40 – Bekxem ochadigan klubning logotipi taqdim etildi 
  • 12:20 – Osiyo o'yinlarini o'zbek kanallari namoyish etadimi? 
  • 12:20 – "Osiyo" FK - "Mustaqillik kubogi-2018" g'olibi 
  • 12:20 – Kasemiro: "Real"ga Ronaldu etishmayapti" 

Ular 16ta edi, 8ta qolishdi

Kecha bo'lib o'tgan o'yinlardan so'ng OCHL chorak finalga chiqqan barcha jamoalar malum bo'ldi.

Ular 16ta edi, 8ta qolishdi

SHunday qilib G'arb mintaqasidan to'rtta, SHarq mintaqasidan ham to'rtta klub chorak finalga yo'l oldi. 23 may kuni chorak final bahslariga qura tashlash marosimi bo'lib o'tadi.

Bizni xursand qilgan jihati, hamyurtimiz Server Jeparov o'ynayotgan Eronning "Istiqlol" klubi ham chorak finalda o'ynaydi. Xafa qilgan tomoni esa Odil Ahmedovning jamoasi "SHanxay SIPG" o'z ishtirokini 1/8 finalda to'xtatdi. Malumki, bu jamoa o'tgan yil yarim finalgacha borgandi.

CHorak finalga yo'l olgan klublardan "Persepolis" bilan "Tianjin Kuanjian" mehmonda urilgan gol tufayli ijobiy natija qayd etdi. Etiborlisi, chorak finalga Qatar va Erondan ikkitadan klub yo'l oldi. Saudiya va BAA klublaridan hech kim qolmadi. O'zbekiston esa o'z ishtirokini guruh bosqichidayoq tugatib bo'lgandi.

SHarq mintaqasida chorak finalda o'ynaydigan jamoalar orasida Janubiy Koreyadan ikkita klub bor. SHuningdek, Xitoy va Yaponiyadan bittadan jamoa bo'ladi.

Quyida musobaqaning 1/8 finalida ikkala o'yin natijasiga ko'ra qayd etilgan hisoblarni keltirib o'tamiz.    

"Al Sadd" - "Al Ahli" 4:3
"Persepolis" - "Al Jazira" 4:4 ("Persepolis" mehmonda urilgan gol evaziga keyingi bosqichga yo'l oldi)
"Istiqlol" - "Zob Ahan" 3:2
"Al Duhayl" - "Al Ayn" 8:3

"CHonbuk Xyunday" - "Buriram Yunayted" 4:3
"Tianjin Kuanjian" - "Guangju Evergrand" 2:2 ("Tianjin" mehmonda urilgan gol evaziga keyingi bosqichga yo'l oldi)
"Suvon Samsung" - "Ulsan Xyunday" 3:1
"Kashima Antlers" - "SHanxay SIPG" 4:3

OCHL-2018. CHorak finalda o'ynaydigan jamoalar

G'arb mintaqasi
"Al Duhayl" (Qatar)
"Al Sadd" (Qatar)
"Istiqlol" (Eron)
"Persepolis" (Eron)

SHarq mintaqasi
"CHonbuk Xyunday" (J.Koreya)
"Tianjin Kuanjian" (Xitoy)
"Suvon Samsung" (J.Koreya)
"Kashima Antlers" (Yaponiya)


Manba: chempionat.asiaскачать dle 12.1
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Оставить комментарий
  • Bugun
  • Ko'p o'qilgan
  • Muhokama
Chempionatlar
  • APL
  • LaLiga
  • B.liga
  • Seria A
  • Liga 1