Авторизация
Eslab qoling: futboltv.asia
 
  • 22:10 – Ulug'bek Baqoev: "Qo'qon-1912" O'zbekistonning kuchli jamoalaridan biri" 
  • 22:00 – "Yuventus" MYU qiziqayotgan futbolchini ilib ketish payiga tushdi 
  • 21:50 – CHo Suk Ja "Lokomotiv"ni tark etdi 
  • 21:40 – Mavsumning eng omadli 15 transferi 

«Real» Neymardan voz kechib, e'tiborini «PSJ»ning boshqa futbolchisiga qaratdi

"Real" klubi Neymar variantidan voz kechdi va "Pari Sen-Jermen"ning boshqa hujumchisiga o'z e'tiborini qaratdi.

«Real» Neymardan voz kechib, e'tiborini «PSJ»ning boshqa futbolchisiga qaratdi

"Real" klubi Neymar variantidan voz kechdi va "Pari Sen-Jermen"ning boshqa hujumchisiga o'z e'tiborini qaratdi. Bu haqda Ispaniyaning Sport.es veb-sayti xabar tarqatdi. Manbaga ko'ra, "Qirollik klubi" Kilian Mbappeni qo'lga kiritish haqida o'ylay boshlagan. Yosh frantsiyalik futbolchi madridliklarning bosh maqsadiga aylandi. Nashrning yozishicha, Neymarning "Real"ga o'tishi haqidagi doimiy gap-so'zlar "qaymoqranglilar" rahbariyatining maxsus rejasi bo'lib, bu orqali ular asl haqiqatni bekitishga urinishmoqda. "Real" rahbariyatining taxminicha, "PSJ" moliyaviy halol o'yin qoidasi tufayli 19 yoshli futbolchini sotishga majbur bo'ladi. Bundan tashqari, parijliklarning sobiq bosh murabbiyi Unai Emeri bayonot berib, Mbappe o'tgan yilning yozida "Barselona" yoki "Real"ga o'tishni istagani haqida ma'lumot bergandi. 2017/18 yilgi mavsumda Kilian Mbappe barcha musobaqalar doirasida 46ta o'yinda maydonga tushib, 21ta gol urdi va 16ta golga assistentlik qildi.


Manba: stadion.uz
скачать dle 12.1
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Оставить комментарий
  • Bugun
  • Ko'p o'qilgan
  • Muhokama
Chempionatlar
  • APL
  • LaLiga
  • B.liga
  • Seria A
  • Liga 1