Авторизация
Eslab qoling: futboltv.asia
 
  • 22:00 – Pol Skoulz: "Manchester Yunayted"ga etakchilar kerak" 
  • 20:50 – Rasman: "Lester" yarim himoyachisi bilan shartnomani uzaytirdi 
  • 20:20 – PRO-liga. "A" guruhi. 22-tur. "Surxon" - "Andijon" 0:3 va boshqa natijalar 
  • 20:20 – "Alaves" bilan o'yinda "Barselona"da klub tarixidagi eng qimmat zaxira o'rindig'i qayd etildi 

O'zbekiston kubogi. Nimchorak final o'yinlarining boshlanish vaqti malum

O'zbekiston kubogining 1/8 final bosqichidan joy olgan uchrashuvlarning vaqti aniq bo'ldi.

O'zbekiston kubogi. Nimchorak final o'yinlarining boshlanish vaqti malum

Bu haqda PFL matbuot xizmati xabar berdi.

Professional futbol ligasi Pro-liga klublari ishtirokidagi 3ta uchrashuvni 17:00ga belgiladi. Bunda uchrashuvlar iftorlik vaqtigacha yakuniga etib ulguradi.

Superliga o'yinlari ish kunida 18:00dan erta boshlanmasligi belgilab qo'yilgandi. Pro-Liga klublari esa o'zaro kelishib, uchrashuvlar vaqtini tayin qilib kelayotgandi. "Sport" telekanali bu safar Pro-liganing "Iftixor" hamda "Dinamo" jamoalari ishtirokidagi o'yinlarga etibor qaratishni lozim deb topdi va kubok doirasidagi bu ikki jamoa o'yinlarini 17:00ga qo'yishni so'radi.

SHu orqali futbol muxlislari Yoshlar Ittifoqi asosida tuzilgan "Iftixor" klubi haqida malumotga ega bo'lib oladi. Ayni vaqtda mazkur jamoa tomonidan qurilayotgan stadionda tamirlash ishlari yakuniga etmagan. Etgan taqdirda ham, uni IIV hamda PFL komissiyalari alohida-alohida o'rganib chiqishi kerak bo'ladi. SHuningdek, yangi stadiondan translyaciya uyushtirish imkoniyatini MTRK vakillari tekshiruvdan o'tkazishi lozim. Bu ishlarni 29 may sanasigacha yakunlash uchun hozir ancha kech. SHundan kelib chiqib, "Iftixor" — "Paxtakor" o'yini Oltiariqdagi Superliga talabiga javob bermaydigan stadionda emas, balki Farg'onadagi "Istiqlol" stadionida bo'lib o'tadi.

SHuningdek, Samarqandning "Dinamo" klubi "Qizilqum"ga qarshi kurash olib boradi. Samarqand shahri aholisi katta futbolni sog'inib qolgani sir emas. Ayni vaqtda "Dinamo"ning Pro-Ligadagi ishtirokini ham qoniqarli deb bo'lmaydi. SHundan kelib chiqib, "Sport" telekanali Samarqanddagi futbol uchrashuvini ham jonli namoyish etish istagini bildirdi. Bu o'yin ham iftorlik vaqtiga qadar yakuniga etib ulguradi.

Nukusdagi uchrashuv stadion yoritish tizimidagi muammolar tufayli 17:00da start oladi. PFL Superliga klublarining oldiga bu borada talab qo'ygan, Pro-liga klublari amal qilishi kerak bo'lgan talablar esa yaqin kunlar ichida elon qilinadi. Bunda Pro-liga klublari bosqichma-bosqich rivojlanib borishi ko'zda tutiladi.

O'zbekiston kubogining qolgan uchrashuvlari xuddi Superligadagi holat kabi start oladi. Yani, ulardagi tanaffus iftorlik vaqtiga to'g'ri keladi. SHunday qilib, "Sport" telekanali 1/8 final bosqichining jami 4ta uchrashuvini jonli ko'rsatadi.

O'zbekiston kubogi. 1/8 final

29 may (seshanba)

17:00  “Iftixor” — “Paxtakor” (live)
17:00  “Orol” — “Andijon”
19:02  “Bunyodkor” — “So'g'diyona” (live)
19:22 “Mashal” — “Surxon”

30 may (chorshanba)

17:00  “Dinamo” — “Qizilqum” (live)
18:57  “Qo'qon-1912” — “Neftchi”
19:03  AGMK — “Nasaf” (live)
19:03  “Lokomotiv” — “SHerdor”

1/8 final bosqichi g'oliblari faqatgina bitta o'yin orqali aniqlanadi. Yani, uchrashuv asosiy va qo'shimcha daqiqalari durang bilan yakuniga etsa, penaltilar seriyasiga navbat beriladi.

Mazkur holat jonli efir rejalariga tegishli tartibda o'zgartirish kiritishi mumkin. Agar birinchi o'yinlar qo'shimcha daqiqalarga qadar cho'zilsa, u holda “Sport” telekanali vaziyatdan kelib chiqib ish ko'radi.


Manba: chempionat.asiaскачать dle 12.1
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Оставить комментарий
  • Bugun
  • Ko'p o'qilgan
  • Muhokama
Chempionatlar
  • APL
  • LaLiga
  • B.liga
  • Seria A
  • Liga 1