Авторизация
Eslab qoling: futboltv.asia
 
  • 11:40 – "Mustaqillik kubogi - 2018": “Yashnobod” finalga yo'llanma oldi 
  • 11:20 – "Liverpul" policiyaga Saloh rulda telefondan foydalangani aks etgan videoni yubordi 
  • 11:20 – "Yozyovon-Lochinlari" Pro-Liga badal to'lovini to'liq PFL hisobiga o'tkazib berdi 
  • 11:20 – "Lacio" Milinkovich-Savichning tovon pulini 150 mln evroga ko'tarmoqchi 

Bahodir Qosimov: “Jamoamiz juda yosh”

“Neftchi” hamda “Qizilqum” (1:0) ayollar jamoalari o'rtasidagi bahsdan so'ng farg'onaliklar bosh murabbiyi Bahodir Qosimov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

Bahodir Qosimov:  “Jamoamiz juda yosh”

- Mavsumdagi birinchi g'alabani qo'lga kiritdik. Jamoaning jismoniy holati turdan turga yaxshilanib bormoqda. Faqat futbolchilarning texnikasi borasida biroz oqsayapmiz. Lekin vaqt o'tgan sari shu tarafdan ham o'sishga erishamiz deb o'ylayman. Buning uchun mashg'ulotlarda astoydil mehnat qilish kerak.

- Ketma-ket mag'lubiyatlardan so'ng nihoyat g'alabaga erishildi. O'tgan turlarda muvaffaqiyat uchun nima etishmayotgandi?

- Ochig'i, “Neftchi” bugungi kunda O'zbekistonning eng yosh ayollar jamoasi hisoblanadi. Jamoa ichida birinchi marta professional klub safida to'p surayotganlar ham bor. Biroq shunga qaramay, qizlarimiz o'z ustilarida ishlab oldinga intilyaptilar. Nasib qilsa, keyingi o'yinlarda ham g'alaba qozonamiz.

Hojiakbar Jabborov


Manba: chempionat.asiaскачать dle 12.1
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Оставить комментарий
  • Bugun
  • Ko'p o'qilgan
  • Muhokama
Chempionatlar
  • APL
  • LaLiga
  • B.liga
  • Seria A
  • Liga 1