Авторизация
Eslab qoling: futboltv.asia
 
  • 11:40 – "Mustaqillik kubogi - 2018": “Yashnobod” finalga yo'llanma oldi 
  • 11:20 – "Liverpul" policiyaga Saloh rulda telefondan foydalangani aks etgan videoni yubordi 
  • 11:20 – "Yozyovon-Lochinlari" Pro-Liga badal to'lovini to'liq PFL hisobiga o'tkazib berdi 
  • 11:20 – "Lacio" Milinkovich-Savichning tovon pulini 150 mln evroga ko'tarmoqchi 

JCH-1930. Urugvayning chempion tarkibi + FOTO

Rossiya yashil maydonlarida bo'lib o'tadigan navbatdagi jahon chempionati boshlanishiga ham oz vaqt qoldi.

JCH-1930. Urugvayning chempion tarkibi + FOTO

Ilk jahon chempionati Urugvay davlatida bo'lib o'tganidan barchaning xabari bor. 13ta terma jamoa ishtirok etgan birinchi jahon chempionatida Urugvay terma jamoasi "oltin mabuda"ni qo'lga kiritgani hech kimga sir emas. Rossiya davlatida bo'lib o'tadigan navbatdagi jahon chempionati boshlanishidan avval shu paytgacha mundiallarda kimlar bosh sovrinni qo'lga kiritgani va jamoalar tarkiblari haqida malumot berib boramiz. 

URUGVAY - 1930


Urugvay terma jamoasining 1930 yilda "oltin mabuda"ni qo'lga kiritgan tarkibi quyidagicha


Darvozabonlar: Enrike Balesteros, Migel Kapuchchini

Himoyachilar: Alvaro Xestido, Lorenso Fernandes, Xose Nasassi, Ernesto Maskeroni, Domingo Texeyra, Emilio Rekoba

Yarim himoyachilar: Xose Leandro Andrade, Karlos Riolfo, Migel Melono,

Hujumchilar: Viktoriano Santos Iriarte, Xose Pedro Sea, Ektor Skarone, Ektor Kastro, Santos Urdinaran, Pedro Petrone, Konduelo Piris, Xuan Anselmo, Pablo Dorado, Soilo Saldombide, Xuan Karlos Kalvo

Bosh murabbiy: Alberto Suppichi


1930 yili Urugvay terma jamoasi "S" guruhida Ruminiya va Peru terma jamoalari bilan bir guruhdan o'rin olgan. Guruhdagi ilk uchrashuvda Urugvay Peruni 1:0 hisobida mag'lubiyatga uchratgan. Uchrashuvdagi kiritilgan golga Ektor Kastro mualliflik qilgan. Guruhdagi ikkinchi bahsda Ruminiya terma jamoasini yirik 4:hisobida mag'lubiyatga uchratgan. Ushbu o'yindagi kiritilgan gollarga Pablo Dorado, Ektor Skarone, Xuan Anselmo va Pedro Sea mualliflik qilgan. 

Urugvay terma jamoasi guruhda birinchi o'rinni egallab yarim final yo'llanmasini naqd qilgan. Yarim finalda Yugoslaviya terma jamoasini qaqshatqich 6:1 hisobida mag'lubiyatga uchratishgan. Ushbu uchrashuvda Pedro Sea 3ta, Xuan Anselmo  2ta va Santos Iriarte marotaba o'z nomini tabloga yozdirib qo'ygan. 

Keyingi bosqich yo'llanmasini naqd qilgan urugvayliklar finalda Argentina terma jamoasi bilan bahs olib borib raqiblarini 4:2 hisobida mag'lubiyatga uchratgan. Uchrashuvdagi kiritilgan gollarga Pablo Dorado, Pedro Sea, Santos Iriarte va Ektor Kastro mualliflik qilgan. 


"Oltin mabuda"ning mana shunday medallari sovrindor jamoaning futbolchilariga taqdim etilgan



Jahongir Sotvoldiev tayyorladi


Manba: chempionat.asiaскачать dle 12.1
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Оставить комментарий
  • Bugun
  • Ko'p o'qilgan
  • Muhokama
Chempionatlar
  • APL
  • LaLiga
  • B.liga
  • Seria A
  • Liga 1