Авторизация
Eslab qoling: futboltv.asia
 
  • 12:40 – Bekxem ochadigan klubning logotipi taqdim etildi 
  • 12:20 – Osiyo o'yinlarini o'zbek kanallari namoyish etadimi? 
  • 12:20 – "Osiyo" FK - "Mustaqillik kubogi-2018" g'olibi 
  • 12:20 – Kasemiro: "Real"ga Ronaldu etishmayapti" 

G'ayrat O'daev: “Xorazmda futbolga bo'lgan etibor o'zgardi”

PRO-Liganing 9-turida “Xorazm” jamoasi o'z maydonida Termizning “Surxon” jamoasini qabul qildi va o'yinda nursiz durang qayd etildi.

G'ayrat O'daev: “Xorazmda futbolga bo'lgan etibor o'zgardi”

Bahs yakuniga etgach, urganchliklar sardori G'ayrat O'daev bilan suhbatlashdik.

- Albatta, “Surxon”ga qarshi o'yinda muxlislarimizni g'alaba bilan xursand qilishni istagandik. Ammo yakunda durang qayd etildi. Biz bu o'yinda ikki ochko yo'qotdik. To'g'ri, “Surxon” ham yaxshi jamoa. Ular Superliga yo'llanmasi uchun kurashmoqda. Lekin biz har qanday raqib bilan faqat g'alaba uchun o'ynaymiz. Boz ustiga uyda ishqibozlarimizni xursand etishimiz shart – deya gap boshladi “Xorazm” darvozaboni.

- Bizda jaroxatga yo'liqqan ayrim o'yinchilarimizning yo'qligi bilinmoqda. SHu bois murabbiylar o'zi istagan optimal tarkibni tushira olmayapti.

- “Surxon”ga qarshi bahsda yoshlarimizga tajriba etishmadi. Gol urish uchun vaziyatlarni sodir etgan bo'lsakda, ulardan unumli foydalana olmadik. Nima ham derdik, keyingi o'yinlarda yutishga xarakat qilamiz.

- Rostini aytsam, mutasaddilar tomonidan so'nggi paytlarda futbolga  bo'lgan etibor nisbatan kuchaydi. Jamoaga yangi xomiy biriktirilgach, oylik va mukofot pullarini vaqtida ola boshladik. Hozir jamoaning futbolchilar oldida qarzi yo'q. Bundan juda xursandmiz va jamoa nomidan rahbariyatga minnatdorchilik bildirgan bo'lardim.


- “Xorazm”da bitta muammo – stadion masalasi hamon ochiqligicha qolmoqda. “Olimpia” stadioni foydalanishga topshirilmasdan qarovsiz xolatda qolib ketmoqda. “Xorazm”ning qarorgohi ham stadionning oldida joylashgan edi. Ammo u erga ham kirishga ruhsat berilmayapti. Futbolchilar esa mashg'ulotga o'z uyidan qatnamoqda. Boshqa viloyatdan kelgan o'yinchilarga esa mehmonxonadan joy qilib berilgan. O'yin kunlari esa hamma stadionda ko'rishadi. Boshqa jamoalarda esa o'yindan bir kun avval hamma bazada qoladi. Bizda esa vaziyat boshqacharoq. SHuningdek jamoa o'zining xususiy avtobusiga ham ega emas. Safar o'yiniga borishda qiyinchiliklarga uchrab turibmiz. Balki keyinchalik bu kamchiliklar ham bartaraf etilar.


- Bu yil yangicha formatda o'tkazilayotgan PRO-Liga musobaqasining saviyasini yuqori baholayman. Har bir uchrashuv qiziqarli kechmoqda. Ochig'ini aytganda, ilgari oldindan qaysi jamoa favorit qaysi jamoa ochko yo'qotishi mumkinligini bemalol tahmin qilish mumkin edi. Bu yil esa mana o'zingiz ham guvohi bo'lyapsiz, pastki o'rinda yurgan jamoa yuqoridagi jamoadan ham ochko tortib olmoqda. Demoqchimanki, haqiqiy kurash kechmoqda.

- O'zbekiston futbol associaciyasining vice-prezidenti Umidjon Ahmadjonov mamlakatimizning bir qator viloyatlariga safar uyushtirib, u erdagi shart-sharoitlar bilan bevosita tanishib chiqdi. Bizning viloyatga ham kelishini intizorlik bilan kutmoqdamiz. SHunda yanada oldinga siljish kuzatilardi – deydi G'ayrat O'daev.


Islombek Rustambekov suhbatlashdi


Manba: chempionat.asiaскачать dle 12.1
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Оставить комментарий
  • Bugun
  • Ko'p o'qilgan
  • Muhokama
Chempionatlar
  • APL
  • LaLiga
  • B.liga
  • Seria A
  • Liga 1