Авторизация
Eslab qoling: futboltv.asia
 
  • 18:20 – Samarqand Futbol Associaciyasi Akademiya uchun murabbiylarni qabul qiladi 
  • 18:20 – Yurgen Klopp: "CHL finalida taktikani tushunmaydigan murabbiylar to'qnash kelishadi" 
  • 18:20 – Sport TV Qo'qondagi o'yinni jonli ko'rsatadi, sababi... 
  • 18:10 – “Iftixor” - “Paxtakor” o'yini 28 may kuni Toshkentda bo'lib o'tadi 

PRO-Liga, “B” guruhi. 9-turda eng ko'p muxlis yana Oltiariqda

Xabaringiz bor, dushanba kuni PRO-Liganing “B” guruhidagi 9-tur o'yinlari ham bo'lib o'tdi. Odatga ko'ra, tur yakunlari bo'yicha etiboringizga ayrim faktlarni taqdim etamiz.

PRO-Liga, “B” guruhi. 9-turda eng ko'p muxlis yana Oltiariqda

Ochig'ini aytganda, PRO-Liganing “B” guruhidagi o'yinlarga muxlislarning qiziqishi past darajada. Ayrim jamoalarning uy o'yinlariga xatto 500ta ham tomoshabin kirmayapti.

Xususan, 9-turning 4ta o'yiniga jami 4101ta tomoshabin kirgani qayd etildi. Bu har bir bahsga o'rtacha 1000tadan muxlis kirdi demakdir.

Ishqibozlar tashrifi bo'yicha eng yaxshi ko'rsatkich yana Oltiariqda kuzatildi. “Iftixor” – “SHerdor” o'yiniga 2600 nafar muxlis tashrif buyurgan. SHunga qaramay, mezbonlar bahsda irodali durang qayd etdi.

Aksincha ushbu turda eng kam ishqiboz “Lokomotiv-BFK” – “Zomin” o'yinida qayd etildi. Hamon g'alaba nimaligini bilmay kelayotgan “temiryo'lchilar”ning uy o'yinlarini ko'rish uchun xatto 200 ta muxlis kirmayotganini takidlash lozim. “Zomin”ga qarshi kechgan bahsda ham 179 ta tomoshabin kelgani uchrashuv qaydnomasida yozib ko'rsatilgan.  

Tomoshabinlar tashrifi kimda qanday?

“XOTIRA-79” – “G'IJDUVON”  - 1:1 (1:0).
Uychi shahri. “Paxtakor” stadioni. 1007 tomoshabin.

“LOKOMOTIV-BFK” – “ZOMIN” - 1:4 (0:2).
Toshkent shahri. TTYMI stadioni. 179 tomoshabin.

 “LABSA” – “NURAFSHON” - 1:0  (1:0).
G'ijduvon shahri. “Navro'z” stadioni. 315 tomoshabin.

“IFTIXOR” – “SHERDOR” - 1:1 (1:1).
Oltiariq shahri. “Markaziy” stadion. 2600 tomoshabin.


Manba: chempionat.asiaскачать dle 12.1
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Оставить комментарий
  • Bugun
  • Ko'p o'qilgan
  • Muhokama
Chempionatlar
  • APL
  • LaLiga
  • B.liga
  • Seria A
  • Liga 1