Авторизация
Eslab qoling: futboltv.asia
 
  • 18:40 – Superliga. “Qo'qon-1912” – “Qizilqum”. Tarkiblar malum 
  • 18:40 – Superliga. "Navbahor" - AGMK. Tarkiblar malum 
  • 18:30 – Superliga. “Metallurg” – “Lokomotiv”. Tarkiblar malum 
  • 18:20 – Samarqand Futbol Associaciyasi Akademiya uchun murabbiylarni qabul qiladi 

"Orol" birinchi davrani qanday o'tkazdi?

Pro-liga "A"da birinchi davra o'yinlari nihoyasiga etdi.

"Orol" birinchi davrani qanday o'tkazdi?

Nukusning "Orol" jamoasi birinchi davra yakuniga ko'ra 8 uchrashuvda 5 ochko to'plab 9 jamoa orasidan 8-o'rinni band etib turibdi."Orol" Nukusdagi 4 o'yinning aitig bittasida g'alaba qozonib, 3 tasida imkoniyatni boy bergan bo'lsa, mehmondagi 4 o'yinnining 2 tasida durang o'ynab, 2 tasida yutqazib qo'ydi. Jamoa beshta mag'lubiyatning uchtasini yirik hisobda boy berdi.

"Orol"ning 8 ta o'yinini stadionlarda jami 11 333 (uyda 7526, mehmonda 3807) tomoshabin kuzatdi. Muxlislar tashrifi bo'yicha rekord "Orol" - "Dinamo" (2225 tomoshabin) o'yiniga to'g'ri keldi.



Nukusliklar hakamlar tomonidan 14 marta ogohlantirilib, ikki bora chetlatilgan. Miras Karlibaev va Islom Seytnazarov to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka bilan siylanishdi. Damir Nizanov esa sariq kartochkalar bo'yicha peshqadam (3 ta).

Islom Seytnazarov "Surxon" bilan o'yinda avtogol muallifiga aylandi.

"Orol"ning 9 ta goli 4 nafar futbolchi hisobiga yozildi. Navro'z Xaipov 5 ta, Navro'z Alimov 2 ta, Nurlibek Talasbaev va Rasul Musaev bittadan gol urishdi.

Nukusliklar 8 uchrashuvda uchta penalti tepishdi. har uchala imkoniyatdan ham Navro'z Xaipov unumli foydalandi.
 
Olti nafar futbolchi jamoaning barcha o'yinlarida ishtirok etdi. Bular:
1. Baxtiyar Arazov. 8 o'yin (714 daqiqa)
2. Rasul Musaev. 8 o'yin (696 daqiqa)
3. Navro'z Alimov. 8 o'yin (688 daqiqa)
4. Alisher Saburov. 8 o'yin (684 daqiqa)
5. Navro'z Xaipov. 8 o'yin (650 daqiqa)
6. Islom Seytnazarov. 8 o'yin (639 daqiqa)



Polat Kaipnazarov Quvvat To'raev tomonidan 5 marta zaxiradan maydonga tushirilgan. Biroq uning amydondagi umumiy daqiqalari soni atigi 49 daqiqani tashkil etadi.

Jamoa birinchi davrada barcha 3 ta darvozabonning ham xizmatidan foydalandi. Eldor SHuhratbekov (6 ta), Oybek Jamshidov (2 ta), Ulug'bek Yangiboev (1 ta)

Damir Nizanov murabbiy tomonidan eng ko'p zaxiraga olingan futbolchi bo'ldi. Yarim himoyachi 4 ta bahsni asosiy tarkibda boshlab, zaxira o'rindig'ida yakuniga etkazdi.

"Orol" ikkinchi davradagi ilk o'yinini 18 may kuni Nukus shahridagi "Turon" stadionida Muborakning "Mashhal" jamoasiga qarshi o'tkazadi.

Furqat Yusupov


Manba: chempionat.asiaскачать dle 12.1
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Оставить комментарий
  • Bugun
  • Ko'p o'qilgan
  • Muhokama
Chempionatlar
  • APL
  • LaLiga
  • B.liga
  • Seria A
  • Liga 1