Авторизация
Eslab qoling: futboltv.asia
 
  • 22:10 – 123 soniya va "Manchester Yunayted"ning sharmandaligi 
  • 21:30 – MYU sobiq futbolchisi: "Mourinoni Rojdestvogacha xaydab yuborishsa kerak" 
  • 20:50 – Rasman: "Lester" yarim himoyachisi bilan shartnomani uzaytirdi 
  • 20:20 – PRO-liga. "A" guruhi. 22-tur. "Surxon" - "Andijon" 0:3 va boshqa natijalar 

Eron OAV: Keyrushning terma jamoadagi taqdiri so'roq ostida qolmoqda

Eron saytlaridan beri mamlakat terma jamoasi bosh murabbiyi Karlush Keyrushning JCH-2018dan keyingi taqdiri hali nomalumligini yozdi.

Eron OAV: Keyrushning terma jamoadagi taqdiri so'roq ostida qolmoqda

SHubha yo'qki, Eron terma jamoasi jahon chempionatida Karlush Keyrush qo'l ostida ishtirok etadi. Ammo uning mundialdan keyingi taqdiri so'roq ostida qolmoqda. Keyrush 4 may kuni Dubayda o'tkazilgan Osiyo Kubogi qura tashlash marosimiga kelmadi, bu esa shubha-gumonlarni yana ko'paytirdi.

Jurnalistlarning nima uchun quraga bormadingiz degan savoliga portugaliyalik mutaxassis Osiyo Kubogi paytida Eron terma jamoasi bosh murabbiyi bo'lmasligini aytgan. Yaqinda Keyrush Eron futbol federaciyasidagilar bilan tortishib qoldi, chunki murabbiy terma jamoani mundialga jiddiy tayyorlashi uchun etarli sharoitga ega emas deb hisoblayapti.

Aslini olganda portugaliyalik murabbiyning federaciya bilan janjallashib qolishi birinchi bor ro'y berayotgani yo'q. Karlush Keyrush bungacha ham bazi kishilar bilan tortishgan. Lekin bu safargisi ancha jiddiyga o'xshayapti. Natijada mahalliy OAV Keyrush bu safar aniq ketadi degan taxminni ilgari surmoqda.

Malumki, Eron JCHda ancha qiyin guruhdan joy olgan. Forslar guruh bahslarini Marokash, Ispaniya va Portugaliyaga qarshi o'tkazishadi. Ammo yanvarda bo'lib o'tadigan Osiyo Kubogida Eron favoritlardan biri hisoblanadi.


Manba: chempionat.asiaскачать dle 12.1
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Оставить комментарий
  • Bugun
  • Ko'p o'qilgan
  • Muhokama
Chempionatlar
  • APL
  • LaLiga
  • B.liga
  • Seria A
  • Liga 1