Авторизация
Eslab qoling: futboltv.asia
 
  • 10:30 – SHerzod Sattorov: "Superligada o'ynashni kim ham xohlamaydi deysiz?" 
  • 10:10 – Aleksandr Xomyakov: "Biz g'alaba qozonishda davom etamiz" 
  • 10:00 – Fernando Torres Inesta ortidan Yaponiyaga yo'l olishi mumkin 
  • 10:00 – Sarri «Chelsi»ga «Napoli»dan besh nafar shogirdini taklif qilmoqchi 

O'rtoqlik uchrashuvi. Saudiya Arabistoni Greciyani mag'lub etdi, keyingi raqib Italiya

Kecha Saudiya Arabistoni terma jamoasi Greciya bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi.

O'rtoqlik uchrashuvi. Saudiya Arabistoni Greciyani mag'lub etdi, keyingi raqib Italiya

Ispaniyaning Sevilya shahrida o'tgan bellashuvda arablar 2:0 hisobida g'alaba qozonishdi. Birinchi bo'limda Salim Al Davsari hisobni ochgan bo'lsa, bahs tugashi arafasida Muhammad Kanoo yakuniy natijani o'rnatdi.

Xuan Antonio Picci shogirdlari 9 may kuni Kadis shahrida Jazoir terma jamoasini 2:0 hisobida mag'lub etgan edi. Saudiya Arabistoni JCH-2018 boshlanguniga qadar yana uchta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishadi:

28 may Italiya (SHveycariyada)
3 iyun Peru (SHveycariyada)
8 iyun Germaniya (Germaniyada)

Eslatib o'tamiz, Saudiya Arabistoni 14 iyun kuni JCH-2018 ochilish uchrashuvida Rossiya bilan o'ynaydi. Uning guruhida Urugvay va Misr terma jamoalari ham bor.


15 may. Ispaniya. Sevilya. "Olimpiya" stadioni.
Saudiya Arabistoni - Greciya 2:0
Bosh hakam: 
Karlos Del Serro (Ispaniya)
Gollar: Salim Al Davsari 19, Muhammad Kanoo 79

Saudiya Arabistoni: Yosir Al Musaylim, Osama Havsavi, Yosir Al SHahroni, Omar Havsavi (Ali Albulayhi, 63), Muhammad Al Burayk (Said Al Muvalad, 86), Taysir Al Jassim (Muhammad Kanoo, 63), Yahyo Al SHehri, Salmon Al Faraj, Salim Al Davsari, Abdulloh Otayf (Abdulmalik Al Haybari, 82), Muhammad Al Sahlavi (Fahad Al Muvallad, 72)

Greciya: Barkas (Jianniotis, 46), Jiannoulis, Risvanis, Nikolaou, Ciolis (Androutsos, 71), Taxcidis, Bakakis, Pelkas (Mandolas, 60), Bakesetas (Galanapulos, 90+2), Manias (Kuluris, 60), Limnios (Lambropulos, 46)

CHetlatish: Jiannoulis 43


Manba: chempionat.asiaскачать dle 12.1
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Оставить комментарий
  • Bugun
  • Ko'p o'qilgan
  • Muhokama
Chempionatlar
  • APL
  • LaLiga
  • B.liga
  • Seria A
  • Liga 1