Авторизация
Eslab qoling: futboltv.asia
 
  • 12:50 – Klopp bir vaqtlar "Borussiya"da Ronalduni qanday to'xatatib qolgani haqida aytib berdi 
  • 12:20 – Radamel Falkaoga 16 oylik qamoq jazosi tayinlandi 
  • 12:10 – Zidandan super pas, Modrichdan dahshatli gol (VIDEO) 
  • 12:00 – "Barselona"yozda besh o'yinchisini sotishni rajalashtirmoqda 

MOQ prezidenti va O'FA 1-vice-prezidenti Umid Ahmadjonov bugun 41 yoshni qarshi oldi

Bugun O'zbekiston milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti va O'zbekiston futbol associaciyasi 1-vice-prezidenti Umid Ahmadjonov 41 yoshni qarshi oldi.

MOQ prezidenti va O'FA 1-vice-prezidenti Umid Ahmadjonov bugun 41 yoshni qarshi oldi

Umid Ahmadjonov 2017 yilning 12 sentyabrida o'tkazilgan O'zbekiston Futbol Federaciyasining navbatdagi hisobot-saylov konferenciyasida O'zbekiston Futbol Federaciyasining yangi prezidenti etib saylangandi.

2018 yilning 16 yanvar kuni esa O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi majlislar zalida o'tgan navbatdan tashqari hisobot-saylov bosh Assambleyasida Umid Ahmadjonov O'zbekiston milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti etib saylandi.

Umid Ahmadjonov futbol federaciyasiga prezident etib saylangach, mamlakat futbolida tub o'zgarishlar, ijobiy islohotlar boshlandi.

Birinchi navbatda O'zbekistonda bolalar futbolini rivojlantirish, bu borada futboli rivojlangan mamlakatlardagi kabi tizimni yaratish masalasiga alohida ahamiyat qaratildi. Xorijdan kuchli mutaxassislar yurtimizga jalb qilinib, hududlarda bolalar futbolini rivojlantirish bo'yicha ish boshlandi. SHuningdek, Umid Ahmadjonov milliy chempionatimiz saviyasini oshirish, muxlislarni stadionlarga jalb qilish borasida ham qisqa vaqt ichida ko'plab chora-tadbirlarni amalga oshirdi. Bu islohotlar natijasida milliy chempionatimiz formati o'zgartirilib, Superliga va Pro-liga tashkil qilindi. Muxlislar yana stadionlarga qaytishni boshladi. Eng muhimi maydonda yana haqiqiy kurash, sport tamoyillari asosidagi raqobat yuzaga keldi.

Bundan tashqari, Umid Ahmadjonov O'zbekistonning turli yoshdagi terma jamoalarining xalqaro maydonlardagi natijalarini yaxshilash borasida ham keng ko'lamli chora-tadbirlarni amalga oshirdi. Buning natijasida O'zbekistonning 23 yoshgacha bo'lgan terma jamoasi shu yil boshida Xitoyda bo'lib o'tgan Osiyo chempionatida g'alaba qozonib, chempionlikka erishdi.

O'zbekiston milliy terma jamoasi uchun kuchli raqiblar bilan o'rtoqlik o'yinlari tashkil qilindi. Jumladan, tarixda birinchi marta O'zbekiston milliy terma jamoasi uchun mundialga yo'llanma olgan Marokash, Senegal, Urugvay kabi terma jamoalar bilan Jahon chempionati oldidan o'rtoqlik o'yinlari tashkil qilindi va tashkil qilinmoqda.

Umid Ahmadjonov boshchiligida Milliy olimpiya qo'mitasi va O'zbekiston futbol associaciyasida jonkuyar, fidoiy, mehnatkash ahil jamoa jam bo'lgan bo'lib, ushbu jamoa katta maqsadlar sari olg'a bormoqda. Asosiy maqsad o'zbek sporti, xususan, o'zbek futbolini jahonda o'z o'rniga ega bo'lishini taminlash, xalqaro maydonlarda yurtimiz sharafini munosib himoya qilish, terma jamoalarimiz Jahon chempionatlari va Olimpiyada o'yinlariga yo'llanmalarini qo'lga kiritishiga erishish.

Eng muhimi muhtaram Prezidentimiz SHavkat Mirziyoevning yuksak ishonchlarini oqlash, katta g'alabalar va oliy natijalar bilan Prezidentimizni, xalqimizni xursand qilish.

Bu yo'lda O'zbekiston futbol jamoatchiligi va o'zbek futbol muxlislari nomidan Umid Muhammadjonovichga mustahkam sog'liq, uzoq umr, oilaviy xotirjamlik, kuch-quvvat tilab qolamiz!

O'zbekiston futbol associaciyasi


Manba: chempionat.asiaскачать dle 12.1
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Оставить комментарий
  • Bugun
  • Ko'p o'qilgan
  • Muhokama
Chempionatlar
  • APL
  • LaLiga
  • B.liga
  • Seria A
  • Liga 1