Авторизация
Eslab qoling: futboltv.asia
 
  • 22:00 – Pol Skoulz: "Manchester Yunayted"ga etakchilar kerak" 
  • 20:50 – Rasman: "Lester" yarim himoyachisi bilan shartnomani uzaytirdi 
  • 20:20 – PRO-liga. "A" guruhi. 22-tur. "Surxon" - "Andijon" 0:3 va boshqa natijalar 
  • 20:20 – "Alaves" bilan o'yinda "Barselona"da klub tarixidagi eng qimmat zaxira o'rindig'i qayd etildi 

Mirjalol Qosimov: “G'alaba uchun shogirdlarimga rahmat”

AGMK – “Bunyodkor” (1:2) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida “qaldirg'ochlar” ustozi Mirjalol Qosimov va toshkentliklar hujumchisi Filip Raevac ishtirok etdi.

Mirjalol Qosimov: “G'alaba uchun shogirdlarimga rahmat”

- Kuni kecha Jizzaxda og'ir uchrashuv o'tkazgan edik. Oradan ikki kun o'tib, yana bir qiyin bahsda ishtirok etdik. AGMK klubi juda baquvvat futbolchilardan tashkil topgani va standart vaziyatlarga etibor qaratishi oldindan malum edi. Bo'ydor futbolchilarga qarshi kuch sinashish anchayin mushkul vazifa. Bahs qiziqarli va shiddatli kechdi. Birinchi bo'limda tashabbus bizda bo'ldi. Biroq ikkinchi taymda raqib harakatlari ijobiy tomonga o'zgardi va bu jihat bizga bir muncha qiyinchilik tug'dirdi. Umuman, o'yin boshidan to oxirigacha muxlislarga yoqdi, deb o'ylayman. Mana shunday murakkab bahsda g'alaba qozonganimizdan xursandman. Yutuq uchun futbolchilarimga minnatdorchilik bildiraman. Jamoamizga dalda bo'lib, bizni qo'llab-quvvatlagan muxlislarga ham alohida rahmat aytaman. Fursatdan foydalanib, xalqimizni kirib kelayotgan Ramazon oyi bilan tabriklayman, - deydi MirjalolQo'shoqovich.


- Uchrashuvga puxta xozirlik ko'rgandik. Raqibning o'yin uslubini yaxshi o'zlashtirgan holda, murabbiylarimizdan kerakli ko'rsatmalar olgandik. O'ylaymanki, murabbiylarimiz aytgan ko'rsatmalarni yaxshi bajardik. Gollarim jamoamga foyda keltirganidan juda xursandman. Keyingi uchrashuvlarda ham foydali gollar urishga harakat qilaman, - deydi uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan FilipRaevac.


Manba: chempionat.asiaскачать dle 12.1
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Оставить комментарий
  • Bugun
  • Ko'p o'qilgan
  • Muhokama
Chempionatlar
  • APL
  • LaLiga
  • B.liga
  • Seria A
  • Liga 1