Авторизация
Eslab qoling: futboltv.asia
 
  • 12:40 – Bekxem ochadigan klubning logotipi taqdim etildi 
  • 12:20 – Osiyo o'yinlarini o'zbek kanallari namoyish etadimi? 
  • 12:20 – "Osiyo" FK - "Mustaqillik kubogi-2018" g'olibi 
  • 12:20 – Kasemiro: "Real"ga Ronaldu etishmayapti" 

Ilhom Mo'minjonov: “Raqibga qarab taktika tanlaymiz”

Superliga 12-turi doirasidagi “Navbahor” – “Metallurg” (3:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida “lochinlar” ustozi Ilhom MO'MINJONOV va jamoa hujumchisi Azamat ALLANIYOZOV ishtirok etishdi.

Ilhom Mo'minjonov: “Raqibga qarab taktika tanlaymiz”

IlhomMo'minjonov (“Navbahor” bosh murabbiyi): - Uch kun oldin uchrashuv o'tkazishgani bois, bugungi o'yinda shogirdlarimda charchoq alomatlari bor edi. Ikkinchi bo'limda yigitlarga shunga bog'liq ko'rsatma berdik va ular shunga amal qilib, yirik hisobda g'alaba qozonishdi. Bundan xursandmiz. Bugungi bahs taqdirini zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar hal qilishdi. Ayniqsa, shogirdim Azamat Allaniyozovni ajoyib o'yin va  “xet-trik” bilan tabriklayman.

“Metallurg” futbolchilari bizga qaraganda ko'proq dam olishdi. SHuning uchun bugun 2ta bo'limda ikki xil o'yin guvohiga aylandik. Tanaffusdnkeyin shogirdalarim o'z irodalarini anmoyish etib, yirik hisobdagi g'alabani tantana qilishdi. 

Hujumkor futbol namoyish etish boorasida to'xtaladigan bo'lsam, biz raqibga qarab, taktika tanlaymiz. Bugungi bahsning ikkinchi bo'limida hujumkor futbol namoyish etgandik, buning natijasida yirik hisobda zafar quchdik.     

AzamatAllaniyozov (“Navbahor” hujumchisi): - Avvalo bugungi g'alaba bilan barcha namanganlik muxlislarni tabriklayman. Murabbiylarimizning ko'rsatmalarini maydonda to'liq bajarib, g'alaba qozonishga muvaffaq bo'ldik. Bundan xursandmiz. Maydonga bugun o'zgacha ishtiyoqda tushgandim va gol urishimni sezgandim. Asoosiysi, jamoamizga ko'proq foyda keltirsam bo'ldi. 

Uchrashuvning ilk daqiqalaridan maydonda harakatlanganimda, nechta to'p kiritgan bo'lardim? Bilmadimu, lekin gol urishim aniq edi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.


Manba: chempionat.asiaскачать dle 12.1
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Оставить комментарий
  • Bugun
  • Ko'p o'qilgan
  • Muhokama
Chempionatlar
  • APL
  • LaLiga
  • B.liga
  • Seria A
  • Liga 1